Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) huzuridagi gidrometeorologiya

ilmiy-tadqiqot instituti

Suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish bo’yicha xalqaro loyiha

28-29 oktabr kunlari Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiya institutida “Orolbo‘yida suv-energetika, oziq-ovqat-oziq-ovqat va atrof-muhitning o‘zaro bog‘liqligi (https://uza.uz/uz/posts/halqaro-loyiha-suv-resurslarini-boshqarish-ishlari-yaxshilanmoqda_651456)” mavzuida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan xalqaro NEXUS Gains hamda Hydro 4U loyihalari doirasida tashkil etilgan seminarda loyiha mutaxassislari, ekspertlari, suv resurslarini boshqarish, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqotlar olib borayotgan olimlar, Farg‘ona vodiysidagi yirik suv […]

“Iqlim o‘zgarishi va uning atrof muhitga ta’siri: muammolar va ularning yechimlari” mavzusidagi xalqaro konferensiya

Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti ilmiy hodimlari 28-oktabr Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetida “Iqlim o‘zgarishi va uning atrof muhitga ta’siri: muammolar va ularning yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada o’z ma’ruzalari bilan faol ishtirok etdi. Konferensiya maqsadi hozirgi kunda Oʼzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarda geografiya, gidrologiya, meteorologiya, iqlimshunoslik, ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va boshqa turdosh fanlar sohalarining […]

GMITI kichik ilmiy hodimlari Gidrometeorologiya fakultetida PIK ilmiy xodimi tomonidan Iqlim o’zgarishi masalasidagi seminarda ishtirok etdi

Joriy yilning 17-oktabr sanasida CWEH Uzbekistan loyihasi va Potsdam Iqlim ta’sirini o‘rganish instituti hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti o‘rtasidagi kelgusi hamkorlik doirasida PIK ilmiy xodimi Oleksandra Khala akademik o‘quv rejani taqdim etdi va «Iqlim o’zgarishi: kelajak istiqbollari va harakatlar» nomli ma’ruza o’tkazdi. Ma’ruza iqlim o’zgarishining dolzarb muammosi haqida xabardorlikni oshirish, uning uzoq muddatli […]

Mening yurtim telekanaliga tashrif…

Joriy yilning 4-oktabr sanasida MY5 telekanali «Gapiring» tok-shousida Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot institutining 2 nafar ilmiy xodimlari «Yashil vektor bizni ekologik muammolardan himoya qila oladimi?» mavzusida yondosh soha mutaxassislari bilan fikr almashishdi. Tok-shouda shuningdek, global muammolarga aylanib borayotgan, suv tanqisligi, suvning ifloslanishi, iqlim oʻzgarishi va ularga yechimlar haqida ham soʻz bordi. Uchrashuvda Atrof-muhit va tabiatni muhofaza […]

Finlandiya meteorologiya institutiga tashrif

O‘zgidromet direktori Sh.Khabibullayev boshchiligidagi O‘zgidromet, Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti va Toshkent gidrometeorologiya texnikumining bir guruh mutaxassislarining Xelsinki shahridagi Finlyandiya meteorologiya institutiga tashrifi doirasida ilmiy hamkorlik istiqbollari bo‘yicha muhokama o‘tkazildi. Institut direktori D.Turg‘unov institut faoliyati, amalga oshirilayotgan loyihalar va kelajak istiqbollari haqida taqdimot qildi. Uning ta’kidlashicha, Institut meteorologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha mavzularni o‘rganishga qiziqish bildirmoqda. Taqdimot […]