Joriy yilning 4-oktabr sanasida MY5 telekanali «Gapiring» tok-shousida Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot institutining 2 nafar ilmiy xodimlari «Yashil vektor bizni ekologik muammolardan himoya qila oladimi?» mavzusida yondosh soha mutaxassislari bilan fikr almashishdi. Tok-shouda shuningdek, global muammolarga aylanib borayotgan, suv tanqisligi, suvning ifloslanishi, iqlim oʻzgarishi va ularga yechimlar haqida ham soʻz bordi. Uchrashuvda Atrof-muhit va tabiatni muhofaza […]
O‘zgidromet direktori Sh.Khabibullayev boshchiligidagi O‘zgidromet, Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti va Toshkent gidrometeorologiya texnikumining bir guruh mutaxassislarining Xelsinki shahridagi Finlyandiya meteorologiya institutiga tashrifi doirasida ilmiy hamkorlik istiqbollari bo‘yicha muhokama o‘tkazildi. Institut direktori D.Turg‘unov institut faoliyati, amalga oshirilayotgan loyihalar va kelajak istiqbollari haqida taqdimot qildi. Uning ta’kidlashicha, Institut meteorologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha mavzularni o‘rganishga qiziqish bildirmoqda. Taqdimot […]
1-sentabr O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan O‘zgidromet agentligi Kasaba uyushmasi va Sport targ‘ibotchisi hamkorligida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Musobaqada GMITI hodimlari ham faol ishtirok etishdi. Shaxmat bo’yicha musobaqada GMITI kichik ilmiy hodimi O’sarov Zohid birinchi o’rinni egalladi. Musobaqa g‘oliblari direktor o‘rinbosari I.Karimov va Kasaba uyushmasi raisi Z.Aliyeva tomonidan taqdirlandilar.
Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti 2024-2025 yil uchun quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha qabul qilmoqda: 11.00.03-Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo.Tayanch doktarantura – 2 ta.Stajor-tadqiqotchi – 1ta.Mustaqil izlanuvchilik – 3ta.11.00.04-Meteorologiya. Iqlimshunoslik. Agrometeorologiya.Tayanch doktarantura – 2 ta.Stajor-tadqiqotchi – 1ta.Mustaqil izlanuvchilik – 3 ta. Doktaranturaga nomzodlar xujjatlarini elektron ko‘rinishida joriy yilining 15 sentyabridan 15 oktyabirigacha Yagona elektron tizim (http//daraja.ilmiy.uz) saytida yuklashlari so‘raladi. Kirish imtihonlari joriy yilning 1-25 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Talab etiladigan xujjatlar ro‘yxati: Manzil: 100052, Tashkent sh., Yunusobod tumani, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘chasi, 72-uy. Tel: +99833 903 93 33
Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27/30.12.2019.Gr.47.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 21-avgust soat 1400 dagi yig‘ilishida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti mustaqil tadqiqotchisi Magdiev Xasan Nigmatjanovichning 11.00.03-Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo ixtisosligidan geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan «O‘zbekiston yer usti suv resurslari monitoringida GAT texnologiyalarini qo‘llash» […]