Institutimiz yoshlari hamda Ekologiya vazirligi hodimlari orasida Zakovat intelektual o’yini
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xodimlari (yoshlar va kattalar) oʻrtasida o‘tkazilgan “Zakovat Quiz”- intelektual o‘yinida Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot institutining yosh tadqiqotchilaridan tuzilgan “GMITI yoshlari” jamoasi faol ishtirok etdi.
Ushbu musobaqada GMITI yoshlaridan tuzilgan jamoa faxrli 2-oʻrinni egalladi. Zakovat soʻnggida gʻolib jamoalar maxsus sertifikatlar va qimmatbaho elektr-samakatlar bilan mukofotlandi.



