Yaponiyaning Chuo universiteti ilmiy hodimlarining ilmiy loyiha doirasidagi tashrifi
Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti va Yaponiyaning Chuo universiteti bilan hamkorligidagi “Ikkiyillik shaffoflik hisoboti uchun isssiqxona gazlari milliy inventarizatsiyasini rivojlantirish va takomillashtirish” loyihasi doirasida Yaponiyaning Chuo universiteti ilmiy xodimi D-r Yuko Sayto (Yuko Saito), Climatec Co. Ltd. kompaniyasi mutaxassislari Yusike Oe (Yusuke Oe) va Yomogida (Yomogida) 6-10 fevralь kunlari Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot institutiga tashrif buyurdilar. Tashrifdan maqsad – loyiha doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish. Tashrif doirasida yaponiyalik mutaxassislar GMITI Аranchi tajriba stantsiyasida atmosferadagi uglerod dioksid miqdorini oʼlchovchi Eddy covariance flux uskunasi va avtomatik meteorologiya stantsiyasini oʼrnatdilar. Ushbu oʼrnatilgan uskunalar Oʼzbekistonda atmosfera havosidagi issiqxona gazlari miqdorini oʼlchovchi ilk uskuna hisoblanadi. Loyiha doirasida Yaponiyaning atmosfera havosidagi issiqxona gazlari kontsentratsiyasini oʼlchaydigan GOSAT sunʼiy yoʼldosh maʼlumotlarini yer usti kuzatish maʼlumotlari bilan birgalikda Ikkiyillik shaffoflik hisobotini tayyorlashda foydalanish imkoniyatlarini oʼrganish rejalashtirilgan.



