Iqlimni modellashtirish laboratoriyasida yangi ilmiy ishlar bo’yicha seminar
Noyabr oyining 20-sanasida GMITI 91-xona, majlislar zalida Iqlimni modellashtirish laboratoriyasi tadqiqotchilarining yangi ilmiy ishlari bo’yicha seminari bo’lib o’tdi. Xususan, seminar davomida doktorant I.Mahmudov Standartlashgan yog’ingarchilik indeksi (SPI), kichik ilmiy xodim S.Begmatov Standartlashgan yog’ingarchilikning bug’lanish indeksi (SPEI) hamda laboratoriya mudiri g.f.d., prof. B.Xolmatjanov «Atmosfera qurg’oqchiligi termogigrometrik koeffitsienti» mavzusidagi ma’ruzalari ushbu laboratoriyaning boshqa tadqiqotchilari va qiziquvchi bir qator yosh tadqiqotchilari tomonidan tinglandi va mavzular yuzasidan qizg’in savol-javoblar bo’lib o’tdi.


