NEXUS Gain loyihasi doirasida «Suv resurslarini PWR modeli yordamida modellashtirish» mavzusidagi seminar
Joriy yilning 11-12 noyabr kunlari Markaziy Osiyo davlatlararo suv xoʻjaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyasining (SICWC) Ilmiy axborot markazida NEXUS Gain loyihasi doirasida «Suv resurslarini PWR modeli yordamida modellashtirish» mavzusida 2 kunlik seminar boʻlib oʻtdi. Seminarda GMITI, IWMI, SICWC va TIQXMMI tadqiqotchilari hamda OʻzMU talabalari faol ishtirok etishdi. Seminar davomida ishtirokchilar modelning boshlangʻich tushunchalari va birlamchi model yaratishni oʻrganishdi.



