Joriy yilning 4-oktabr sanasida MY5 telekanali «Gapiring» tok-shousida Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot institutining 2 nafar ilmiy xodimlari «Yashil vektor bizni ekologik muammolardan himoya qila oladimi?» mavzusida yondosh soha mutaxassislari bilan fikr almashishdi. Tok-shouda shuningdek, global muammolarga aylanib borayotgan, suv tanqisligi, suvning ifloslanishi, iqlim oʻzgarishi va ularga yechimlar haqida ham soʻz bordi. Uchrashuvda Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, Xavfsiz daryo boshqarmasi hamda Arxitektura va qurilish instituti xodimlari ishtirok etishdi.

Manba: «Gapiring» tok-shousi // Yashil vektor bizni ekologik muammolardan himoya qila oladimi? (youtube.com)