Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti ilmiy hodimlari 28-oktabr Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetida “Iqlim o‘zgarishi va uning atrof muhitga ta’siri: muammolar va ularning yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada o’z ma’ruzalari bilan faol ishtirok etdi. Konferensiya maqsadi hozirgi kunda Oʼzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarda geografiya, gidrologiya, meteorologiya, iqlimshunoslik, ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va boshqa turdosh fanlar sohalarining dolzarb muammolari doirasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini muhokama qilish, tajriba almashish, iqtidorli yosh olimlarni istiqbolli ilmiy yoʼnalishlarga jalb qilish, Oʼzbekiston Respublikasida fan va innovatsiyaning integratsiyasini yoritishdan iborat edi. Shuningdek, konferensiyada Rossiya, Turkiya, Yaponiya, Hindiston, Tojikiston kabi mamlakatlardan 10 ga yaqin xorijlik olimlar bevosita hamda onlayn o’z tadqiqot ishlari natijalari bilan bo’lishdilar.