Suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish bo’yicha xalqaro loyiha
28-29 oktabr kunlari Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiya institutida “Orolbo‘yida suv-energetika, oziq-ovqat-oziq-ovqat va atrof-muhitning o‘zaro bog‘liqligi (https://uza.uz/uz/posts/halqaro-loyiha-suv-resurslarini-boshqarish-ishlari-yaxshilanmoqda_651456)” mavzuida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan xalqaro NEXUS Gains hamda Hydro 4U loyihalari doirasida tashkil etilgan seminarda loyiha mutaxassislari, ekspertlari, suv resurslarini boshqarish, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqotlar olib borayotgan olimlar, Farg‘ona vodiysidagi yirik suv inshoot va tizimlari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish, sug‘orishda suv tejovchi ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning muhim jihatlari va mavzuga oid boshqa qator masalalar xususida atroflicha so‘z yuritildi.
Seminar ochilishida so‘z olgan Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori Tohirjon Sultonov, Suv resurslarini boshqarish xalqaro instituti Markaziy Osiyo ofisi tadqiqotchisi Zafarbek G‘afurov tomonidan seminarning maqsad-vazifalari, xalqaro NEXUS Gains hamda Hydro 4U loyihalarining ahamiyati, loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar haqida keng ma’lumotlar berildi, fikr, mulohazalar bildirildi.
Seminarning ikkinchi kunida seminar ishchi guruhlari tomonidan suv resurslarini yaratish tizimini takomillashtirish, bu boradagi muhim masalalar, kichik gidroelektr stansiyalar imkoniyatlarini kengaytirish, suv xo‘jaligi yo‘nalishidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ushbu GMITI kichik ilmiy hodimlari ham bevosita qatnashdi va ko’plab yangi ma’lumotlar olindi.



