• Sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqalar

    1-sentabr O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi  munosabati bilan O‘zgidromet agentligi Kasaba uyushmasi va Sport targ‘ibotchisi hamkorligida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Musobaqada GMITI hodimlari ham faol ishtirok etishdi. Shaxmat bo’yicha musobaqada GMITI kichik ilmiy hodimi O’sarov Zohid birinchi o’rinni egalladi. Musobaqa g‘oliblari direktor o‘rinbosari I.Karimov va Kasaba uyushmasi raisi Z.Aliyeva tomonidan taqdirlandilar.

  • Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti 2024-2025 yil uchun oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga qabul e’lon qiladi!!!

    Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti 2024-2025 yil uchun quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha qabul qilmoqda: 11.00.03-Quruqlik  gidrologiyasi.  Suv resurslari. Gidrokimyo.Tayanch doktarantura – 2 ta.Stajor-tadqiqotchi – 1ta.Mustaqil izlanuvchilik – 3ta.11.00.04-Meteorologiya. Iqlimshunoslik. Agrometeorologiya.Tayanch doktarantura – 2 ta.Stajor-tadqiqotchi – 1ta.Mustaqil izlanuvchilik – 3 ta. Doktaranturaga nomzodlar xujjatlarini elektron ko‘rinishida joriy yilining 15 sentyabridan 15 oktyabirigacha Yagona elektron tizim (http//daraja.ilmiy.uz) saytida yuklashlari so‘raladi. Kirish imtihonlari joriy yilning 1-25 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Talab etiladigan xujjatlar ro‘yxati: Manzil: 100052, Tashkent sh., Yunusobod tumani, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘chasi, 72-uy. Tel: +99833 903 93 33

  • Magdiev Xasan Nigmatjanovichning geografiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi toʼgʼrisida

    Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27/30.12.2019.Gr.47.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 21-avgust soat 1400 dagi yig‘ilishida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti mustaqil tadqiqotchisi Magdiev Xasan Nigmatjanovichning 11.00.03-Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo ixtisosligidan geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan «O‘zbekiston yer usti suv resurslari monitoringida GAT texnologiyalarini qo‘llash»…