Yangiliklar
-
Mening yurtim telekanaliga tashrif…
Joriy yilning 4-oktabr sanasida MY5 telekanali «Gapiring» tok-shousida Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot institutining 2 nafar ilmiy xodimlari «Yashil vektor bizni ekologik muammolardan himoya qila oladimi?» mavzusida yondosh soha mutaxassislari bilan fikr almashishdi. Tok-shouda shuningdek, global muammolarga aylanib borayotgan, suv tanqisligi, suvning ifloslanishi, iqlim oʻzgarishi va ularga yechimlar haqida ham soʻz bordi. Uchrashuvda Atrof-muhit va tabiatni muhofaza…
-
Finlandiya meteorologiya institutiga tashrif
O‘zgidromet direktori Sh.Khabibullayev boshchiligidagi O‘zgidromet, Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti va Toshkent gidrometeorologiya texnikumining bir guruh mutaxassislarining Xelsinki shahridagi Finlyandiya meteorologiya institutiga tashrifi doirasida ilmiy hamkorlik istiqbollari bo‘yicha muhokama o‘tkazildi. Institut direktori D.Turg‘unov institut faoliyati, amalga oshirilayotgan loyihalar va kelajak istiqbollari haqida taqdimot qildi. Uning ta’kidlashicha, Institut meteorologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha mavzularni o‘rganishga qiziqish bildirmoqda. Taqdimot…
-
Sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqalar
1-sentabr O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan O‘zgidromet agentligi Kasaba uyushmasi va Sport targ‘ibotchisi hamkorligida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Musobaqada GMITI hodimlari ham faol ishtirok etishdi. Shaxmat bo’yicha musobaqada GMITI kichik ilmiy hodimi O’sarov Zohid birinchi o’rinni egalladi. Musobaqa g‘oliblari direktor o‘rinbosari I.Karimov va Kasaba uyushmasi raisi Z.Aliyeva tomonidan taqdirlandilar.