O‘zgidromet direktori Sh.Khabibullayev boshchiligidagi O‘zgidromet, Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti va Toshkent gidrometeorologiya texnikumining bir guruh mutaxassislarining Xelsinki shahridagi Finlyandiya meteorologiya institutiga tashrifi doirasida ilmiy hamkorlik istiqbollari bo‘yicha muhokama o‘tkazildi.

Institut direktori D.Turg‘unov institut faoliyati, amalga oshirilayotgan loyihalar va kelajak istiqbollari haqida taqdimot qildi. Uning ta’kidlashicha, Institut meteorologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha mavzularni o‘rganishga qiziqish bildirmoqda. Taqdimot davomida “O‘zbekiston Respublikasi hududida sel va suv toshqinlari xavfidan erta ogohlantirish interaktiv tizimini yaratish”, «Tog’ muzliklarining massa balansidagi o’zgarishlarni kuzatish tizimini va global iqlim o’zgarishi sharoitida ularning kelajakdagi holatini tavsiflovchi stsenariylarni ishlab chiqish», «Yerdan va sun’iy yo’ldosh ma’lumotlaridan foydalangan holda chang bo’ronini kuzatish tizimi texnologiyasini ishlab chiqish», “Aholining salomatligi uchun ifloslanish darajasini va aerogen xavfni integral baholash asosida O‘zbekistonda havo sifati monitoringi uchun milliy axborot platformasi va mobil ilovasini ishlab chiqish” kabi loyihalar bilan tanishtirildi.

FMI kompaniyasining loyiha boshqaruvi direktori Garri Pietarila Institut loyihalari mavzulari FMI loyihalariga juda o’shashligiga e’tibor qaratdi.

Bundan tashqari, u glyatsiologiya sohasida hamkorlikni rivojlantirish FMI va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun juda muhim va qiziqarli ekanligini ta’kidladi.

Hamkorlikda ilmiy loyihalar mavzulari muhokama qilindi va ularni amalga oshirish kelishib olindi.