O'zgidromet huzuridagi gidrometeorologiya

ilmiy-tadqiqot instituti

“Geografik tadqiqotlarda zamonaviy geoinformatsion kartografiya, masofadan zondlash metodlari va texnologiyalarining roli” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti 24-26 aprel kunlari Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universitetida “Geografik tadqiqotlarda zamonaviy geoinformatsion kartografiya, masofadan zondlash metodlari va texnologiyalarining roli” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada faol ishtirok etdi. Konferensiya ishtirokchilari mavzulari kartografiya sohasida zamonaviy GАT, masofadan zondlash va Web texnologiyalarni qoʼllash masalalari; gidrologiya, meteorologiya va iqlimshunoslikda GАT texnologiyalaridan foydalanish; geografiya taʼlimida GАT texnologiyalaridan […]

Markaziy Osiyo atrof muhit va iqlim oʼzgarishini oʼrganish universiteti (Green university) da boʼlib oʼtgan “Orol dengizi qurishining atrof muhitga taʼsiri” mavzusidagi xalqaro konferensiya

2024  yil  22  aprel  kuni  Markaziy  Osiyo  atrof  muhit  va  iqlim  o‘zgarishini  o‘rganish  universiteti  (Green  university)  da  bo‘lib  o‘tgan  “Orol  dengizi  qurishining  atrof  muhitga  ta’siri”  mavzusidagi  xalqaro  konferensiyada  GMITI  xodimlari  faol  ishtirok  etishdi.  Konferensiyada  institut  ilmiy  xodimlari  T.Axmedova  “Vetlandi  Priaralya- bareri  opustinivaniya»  ,  N.Sulaymanova  “Iqlim  o‘zgarishining  Janubiy  Orolbo‘yi  va  Qizilqumning  cho‘l  hududlaridagi  agrometorologik  sharoitlarga  ta’siri “ […]

GMITIda Texnika fanlari nomzodi, gidrologiya va glyatsiologiya sohasida tajribali mutaxassis Lidiya Mixaylovna Karandayevaning 70 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.

Lidiya Mixaylovna Karandaeva 1977-yil iyun oyida Toshkent Davlat universitetini (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti) tamomlab, matematik mutaxassislik malakasini oldi va SANIGMI (hozirgi NIGMI ilmiy-tadqiqot gidrometeorologiya instituti) ga tayinlandi. Mehnat faoliyatini NIGMIning glatsiologiya bo‘limida muhandis, muzliklar va qor qoplami laboratoriyasida kichik ilmiy xodim sifatida boshlagan. 2008 yil 1 oktyabrdan glyatsiologiya kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi. […]

Butun jahon meteorologlari kuniga bag’ishlangan tadbir…

Kuni kecha Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot institutida Butun Jahon meteorologlari kuniga bag’ishlangan bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirda institut ilmiy hodimlari va doktorantura talabalari ishtirok etishdi. Tadbir davomida Gidrometeorologiya xizmati xalq xo’jligining turli tarmoqlari uchun naqadar muhim soha ekanligi va soha mutaxassislari tomonidan olib borilgan izlanishlar to’g’risida so’z yuritildi. Institut barcha hodimlarni va soha mutaxassislarini bayram bilan muborakbod […]

Zaitov Sherzod Shuxratovichning geografiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD)dissertatsiya ishi himoyasi

Zaitov Sherzod Shuxratovichning 11.00.04 – Meteorologiya. Iqlimshunoslik. Аgrometeorologiya ixtisosligidan boʼyicha «Iqlim oʼzgarishi sharoitida Oʼzbekistonning choʼl va yarim choʼl hududlaridagi yaylov oʼsimliklari dinamikasini masofadan zondlash maʼlumotlaridan foydalanib monitoring qilish» mavzusidagi geografiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27/30.12.2019.Gr.47.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024 […]