Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) huzuridagi gidrometeorologiya

ilmiy-tadqiqot instituti

Zaitov Sherzod Shuxratovichning geografiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD)dissertatsiya ishi himoyasi

Zaitov Sherzod Shuxratovichning 11.00.04 – Meteorologiya. Iqlimshunoslik. Аgrometeorologiya ixtisosligidan boʼyicha «Iqlim oʼzgarishi sharoitida Oʼzbekistonning choʼl va yarim choʼl hududlaridagi yaylov oʼsimliklari dinamikasini masofadan zondlash maʼlumotlaridan foydalanib monitoring qilish» mavzusidagi geografiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27/30.12.2019.Gr.47.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024 […]

Ekologiya vazirligining “BMTning yovvoyi xayvonlarning koʼchib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir konvensiyasi tomonlar konferensiyasining 14- yig’ilishi 2024 yil 12-17 fevral kunlari Samarqand shahrida boʼlib oʼtdi. Tadbirda GMITI faol ishtirok etdi!

Anjumanda 130 ta davlatdan 1800 dan ortiq ishtirokchi eng dolzarb muammolardan biri – yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini saqlab qolish masalasini hal etish uchun birlashdi. Tadbirda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Atrof-muhit dasturi (UNEP) ijrochi direktori Inger Andersen va boshqalar ishtirok etdi. Bir haftalik muzokaralar […]

Xakimova Zilola Fazliddinovnaning11.00.03-Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo ixtisosligidan geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi himoyasi

Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27/30.12.2019.Gr.47.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil23 fevral soat 1400 dagi yig‘ilishida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti mustaqil tadqiqotchisi Xakimova Zilola Fazliddinovnaning11.00.03-Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo ixtisosligidan geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan «Tog’ daryolari oqimini iqlim o’zgarishining turli ssenariyalari asosida baholash […]

GMITI Ilmiy kengashi yig‘ilishida atoqli olim,  GMITIning faxri, texnika fanlari doktori professor O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan irrigator, O‘rta Osiyo va MDH davlatlarida yetakchi  gidrologlardan biri bo‘lgan Denisov Yuriy Mixaylovichning 95 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Denisov Yuriy Mixaylovich Sobiq Ittifoqda birinchi bo‘lib tog‘ daryolar oqimi jarayonini hamda  tog‘lardagi qor qoplamini shakllanishiining  matematik modelini ishlab chiqgan. Yu.M. Denisovning fundamental xarakterdagi chuqur  ilmiy tadqiqotlari ko‘pqirrali bo‘lib, qator  turdosh  sohalar matematika,  nazariy fizika,  biokibernetika,  bioiqlimshunoslik, bulutlar fizikasi,  agrometorologiya, g‘o‘za hosildorligining  agrotexnologiyasi,  agroiqlim,  GAT  texnologiyasidan foydaalnib o’simlik  qoplamining matemtaik modelini yaratish  bo‘yicha qator ishlarini sanab o‘tish mumkin. Yuriy Mixaylovichning bebaho ilmiy merosi gidrologik va gidrometeorologik jarayonlarni modellashtirish, daryo oqimini uzoq va qisqa muddatga prognozlash bo‘yicha tadqiqotlar olib borayotgan izlanuvchilar  uchun foydali bo‘ladi. Yuriy Mixaylovichning yorqin xotirasi qalbimizda abadiy qoladi.