Ekologiya vazirligining “BMTning yovvoyi xayvonlarning koʼchib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir konvensiyasi tomonlar konferensiyasining 14- yig’ilishi 2024 yil 12-17 fevral kunlari Samarqand shahrida boʼlib oʼtdi. Tadbirda GMITI faol ishtirok etdi!



Anjumanda 130 ta davlatdan 1800 dan ortiq ishtirokchi eng dolzarb muammolardan biri – yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini saqlab qolish masalasini hal etish uchun birlashdi.
Tadbirda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Atrof-muhit dasturi (UNEP) ijrochi direktori Inger Andersen va boshqalar ishtirok etdi. Bir haftalik muzokaralar davomida CMS COP14 yuzdan ortiq masalalarni qamrab oluvchi keng kun tartibi ko’rib chiqildi, jumladan:
- CMS ilovalariga o’zgartirishlar, shu jumladan xalqaro himoyaga muhtoj 14 ta qo’shimcha turlar, shu jumladan oddiy silovsin, buqa qanotli burgut, Pallas mushugi, Magellan ploveri va boshqalar;
- yetti turni saqlashning ustuvor chora-tadbirlari sifatida yangi kelishilgan harakatlar bo’yicha takliflar;
- brakonerlikka qarshi kurashish chora-tadbirlari;
- ekologik kommunikatsiyalarni rivojlantirish bo’yicha harakatlar;
- 2024-2032 yillarga mo’ljallangan migratsiya turlari bo’yicha yangi strategik reja.