Yangiliklar
-
GMITIda xalqaro ilmiy-amaliy seminar
Joriy yilning 19-iyulida Gidrometeorologiya xizmati agentligi huzuridagi Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti (GMITI) Buyuk Britaniyaning Reading universiteti bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyoda sel xavfini kamaytirishda ekstremal yog’ingarchilik prognozini takomillashtirish” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi. Seminar gibrid (offline va online) tarzda tashkil etilgan bo’lib unda Reading universiteti, GMITI, O’zgidromet, O’zbekiston Milliy Universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon…
-
Gidrometeoroogiya ilmiy tadqiqot instituti 2023 yil 17-apreldan 2023 yil 21-aprelga qadar Qozog‘istonning Almati shahrida » Markaziy Osiyo bo‘ylab tog‘li hududlarni kuzatish” bo‘yicha bo‘lib o’tgan vorkshopda ishtirok etdi!
Vorkshopda O’zbekiston, Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston, shuningdek, Buyuk Britaniya va Avstryalik soha mutaxassislari o’zaro fikr almashdilar. Safar davomida Katta Olmaota ko‘li stansiyasiga ekskursiya tashkil etildi. Tadbir so’ngida kelajakda birgalikda izlanishlar olib borish maqsadida memorandum imzolandi.
-
“Yashil Markaziy Osiyo” Oʻzbekiston-Germaniya xalqaro hamkorligi: Markaziy Osiyo va Afgʻonistonda iqlim, atrof-muhit va xavfsizlik boʻyicha transchegaraviy muloqot.
2023-yil 17-mart kuni Toshkent shahrida muzliklarni monitoring qilish va modellashtirish bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari boshqarmalari va Markaziy Osiyoda muvofiqlashtirish va hamkorlik bo‘yicha mintaqaviy Ishchi guruhi rahbarlarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yigʻilishda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilishda GMITIdan: GMITI direktori Agzamov F.S., glatsiologiya bo‘limi xodimlari Karandaeva L.M., Umirzakov G.X., Gulmurzaeva B.A. Ilmiy markazlar…