GMITIda xalqaro ilmiy-amaliy seminar
Joriy yilning 19-iyulida Gidrometeorologiya xizmati agentligi huzuridagi
Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti (GMITI) Buyuk Britaniyaning Reading
universiteti bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyoda sel xavfini kamaytirishda ekstremal yog’ingarchilik
prognozini takomillashtirish” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminar gibrid (offline va online) tarzda tashkil etilgan bo’lib unda Reading universiteti, GMITI, O’zgidromet, O’zbekiston Milliy Universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligidan soha xodimlari, shuningdek Kazgidromet, Markaziy Osiyo glyatsiologiya markazidan ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etdilar.
Seminarda GMITI va Reading universiteti ilmiy xodimi Mamadjanova G.A. tomonidan Yevropa o‘rta muddatli ob-havo prognozlari markazining (ECMWF) ecPoint-Rainfall prognoztik ma’lumotlari asosida Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, O‘zbekistonda sel toshqinlarini oldindan prognoz qilish imkoniyati ilk bor taqdim etildi. Tadbir ishtirokchilariga ECMWF ning yog’inlar bo’yicha yangi operativ prognostik mahsuloti ecPoint-Rainfall (nuqtali yog’in) ma’lumotlar platformasidan foydalanish bo’yicha ko’rstamalar berildi.





Mazkur seminar kuchli yog’inlarni prognoz qilish, sel xaflaridan ogohlantirish, gidrometeorologik xavflarni monitoring qilish va ularni oldini olish, sel toshqinlarida aholi bilan ishlash, hamda mazkur xavfni baholash bo‘yicha faoliyat yuritayotgan operativ soha xodimlari, shuningdek, doktorantlar va yosh ilmiy tadqiqotchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan.
