Yangiliklar
-
Migratsiya, atrof-muhit va iqlim o’zgarishi masalalari bo’yicha salohiyatni oshirish uchun Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (XMT) treningi
Trening Toshkent shahrida 2023-yilning 17-18-iyul kunlari “Panarams” mehmonxonasida bo’lib o’tdi. Tadbirda Gidrometeorologiya xizmati agentligi hodimlari Abdurasul Sobirov, Natalya Agalseva hamda Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori F.Agzamov, shuningdek, insititut hodimlari Zuxra Tillyaxodjayeva, Saidov O‘lmas, Xudoyberganova Indira va boshqalar ishtirok etdi. Trening maqsadi manfaatdor tomonlar va loyiha hamkorlarining mintaqaviy tarmog’ini yaratish. Loyiha bilan tanishish, maqsad, vazifalar, rejalashtirilgan tadbirlar, kutilayotgan natijalar…
-
GMITIda xalqaro ilmiy-amaliy seminar
Joriy yilning 19-iyulida Gidrometeorologiya xizmati agentligi huzuridagi Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti (GMITI) Buyuk Britaniyaning Reading universiteti bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyoda sel xavfini kamaytirishda ekstremal yog’ingarchilik prognozini takomillashtirish” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi. Seminar gibrid (offline va online) tarzda tashkil etilgan bo’lib unda Reading universiteti, GMITI, O’zgidromet, O’zbekiston Milliy Universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon…
-
Gidrometeoroogiya ilmiy tadqiqot instituti 2023 yil 17-apreldan 2023 yil 21-aprelga qadar Qozog‘istonning Almati shahrida » Markaziy Osiyo bo‘ylab tog‘li hududlarni kuzatish” bo‘yicha bo‘lib o’tgan vorkshopda ishtirok etdi!
Vorkshopda O’zbekiston, Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston, shuningdek, Buyuk Britaniya va Avstryalik soha mutaxassislari o’zaro fikr almashdilar. Safar davomida Katta Olmaota ko‘li stansiyasiga ekskursiya tashkil etildi. Tadbir so’ngida kelajakda birgalikda izlanishlar olib borish maqsadida memorandum imzolandi.