Rapiqov Barkamol Rustamjon o‘g‘lining geografiyafanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi

Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27/30.12.2019.Gr.47.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023 yil 7 noyabr soat 1400 dagi yig‘ilishida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tayanch doktoranti Rapiqov Barkamol Rustamjon o‘g‘lining 11.00.03-Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo ixtisosligidan geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan «Norin daryosi gidrologik rejimining yirik gidrotexnik inshootlar ta’sirida o‘zgarishini baholash» mavzusidagi dissertatsiyasi himoyasi o‘tkaziladi.
Dissertatsiya bilan Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti Ilmiy-texnik kutubxonasida tanishish mumkin.
Dissertatsiya avtoreferati shu yerda joylashtirilgan.
Ilmiy kengash ilmiy kotibi, t.f.n. B.E.Nishonov