Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) huzuridagi gidrometeorologiya

ilmiy-tadqiqot instituti

Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot istituti va Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan hamkorlikdagi o’quv treningi

8-10 iyul kunlari Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot istituti Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan hamkorlikdagi «O‘zbekistonning tog‘li hududlarida iqlim o‘zgarishi sharoitida inson harakatchanligi masalalarini hal qilish» nomli loyiha doirasida treninglar o’tkazdi. Trening maqsadi aholi so‘rovida ishtirok etuvchi guruhlar uchun “O‘zbekistonning tog‘li hududlarida iqlim o‘zgarishi sharoitida inson harakatchanligi masalalarini hal qilish” loyihasining milliy hamkorlari salohiyatini oshirishdan iborat edi. O’quv mashg’ulotlari […]

«Markaziy Osiyo mamlakatlari barqarorligini mustahkamlash» loyihasi doirasida milliy seminar

20-21-iyun kunlari YUNESKOning Toshkentdagi ofisida Global Atrof-muhit fondi-BMTTD-YUNESKOning «Markaziy Osiyo mamlakatlari barqarorligini mustahkamlash» loyihasi doirasida Diagnostik tahlil ishlab chiqishga bag’ishlangan milliy seminar o’tkazildi. Seminarda Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti ilmiy xodimlari ishtirok etishdi. Seminarni o’tkazishdan ko’zlangan asosiy maqsad – kriosfera, suv resurslari va iqlim o’zgarishi bo’yicha mamlakat istiqbollarini ko’rib chiqish va Kriosfera loyihasi doirasida diagnostik vaziyat […]

OLEG LEONIDOVICH BABUSHKIN 80 YOSHDA!

Yuqori malakali mutaxassis, ilmiy geograf, geografiya fanlari nomzodi – Oleg Leonidovich Babushkin 1944 yil iyun oyida Toshkent shahrida atoqli ilmiy agrometeorolog, professor Leonid Nikolaevich Babushkin oilasida tug‘ilgan. 1970-yilda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) fizika fakultetini tamomlab, mehnat faoliyatini “Atmosfera fizikasi” kafedrasida muhandis, so‘ngra shu kafedra qoshidagi Reaktiv oqimlar muammoli laboratoriyasida kichik ilmiy xodim sifatida boshlagan. […]

Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti “Iqlim muammolari xalqaro, milliy va korporativ tartibga solish prizmasida” mavzusida davlat tashkilotlari xodimlari uchun tashkil etilgan o‘quv seminarida ishtirok etdi

Seminar Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining Toshkent filiali tomonidan BMTning tadqiqot instituti (UNITAR) bilan hamkorlikda Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ko‘magida tashkil etildi.  Uch kunlik kurs dasturida BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi (COP28) natijalari va markaziy mavzular, iqlim muammolari va barqaror moliya, issiqxona gazlari […]

“O‘ZBEKISTONDA  IQLIM  O‘ZGARISHI  MUAMMOLARINI  TA’LIMGA  INTEGRATSIYA  QILISH”  mavzuidagi  xalqaro  ilmiy  amaliy  konferensiya

Gidrometeorologiya  ilmiy-tadqiqot  instituti  ilmiy  xodimlari  va  doktorantura  talabalari  23-24  may  kunlari  Mirzo  Ulug‘bek  nomidagi  O‘zMUda  bo‘lib  o‘tgan  “O‘ZBEKISTONDA  IQLIM  O‘ZGARISHI  MUAMMOLARINI  TA’LIMGA  INTEGRATSIYA  QILISH”  mavzuidagi  xalqaro  ilmiy  amaliy  konferensiyada  faol  ishtirok  etdi. Konferensiyaning  asosiy  maqsadi  hozirgi  kunda  O‘zbekiston  Respublikasi  va  xorijiy  mamlakatlarda  global  iqlim  o‘zgarishi,  uning  dunyo  mintaqalari  va  O‘zbekistonda  inson  faoliyati  sohalariga  salbiy  ta’siri  […]