Yangiliklar
-
Yaponiyaning Chuo universiteti ilmiy hodimlarining ilmiy loyiha doirasidagi tashrifi
Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti va Yaponiyaning Chuo universiteti bilan hamkorligidagi “Ikkiyillik shaffoflik hisoboti uchun isssiqxona gazlari milliy inventarizatsiyasini rivojlantirish va takomillashtirish” loyihasi doirasida Yaponiyaning Chuo universiteti ilmiy xodimi D-r Yuko Sayto (Yuko Saito), Climatec Co. Ltd. kompaniyasi mutaxassislari Yusike Oe (Yusuke Oe) va Yomogida (Yomogida) 6-10 fevralь kunlari Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot institutiga tashrif buyurdilar. Tashrifdan maqsad…
-
Institutimiz yoshlari hamda Ekologiya vazirligi hodimlari orasida Zakovat intelektual o’yini
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xodimlari (yoshlar va kattalar) oʻrtasida o‘tkazilgan “Zakovat Quiz”- intelektual o‘yinida Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot institutining yosh tadqiqotchilaridan tuzilgan “GMITI yoshlari” jamoasi faol ishtirok etdi. Ushbu musobaqada GMITI yoshlaridan tuzilgan jamoa faxrli 2-oʻrinni egalladi. Zakovat soʻnggida gʻolib jamoalar maxsus sertifikatlar va qimmatbaho elektr-samakatlar bilan mukofotlandi.
-
Iqlimni modellashtirish laboratoriyasida yangi ilmiy ishlar bo’yicha seminar
Noyabr oyining 20-sanasida GMITI 91-xona, majlislar zalida Iqlimni modellashtirish laboratoriyasi tadqiqotchilarining yangi ilmiy ishlari bo’yicha seminari bo’lib o’tdi. Xususan, seminar davomida doktorant I.Mahmudov Standartlashgan yog’ingarchilik indeksi (SPI), kichik ilmiy xodim S.Begmatov Standartlashgan yog’ingarchilikning bug’lanish indeksi (SPEI) hamda laboratoriya mudiri g.f.d., prof. B.Xolmatjanov «Atmosfera qurg’oqchiligi termogigrometrik koeffitsienti» mavzusidagi ma’ruzalari ushbu laboratoriyaning boshqa tadqiqotchilari va qiziquvchi bir…