Xalqaro loyihalar

Bugungi kunda GMITI olimlari bir qator xalqaro ilmiy amaliy loyihalar ustida ishlashmoqda.

№ AL-5721122055 «YER USTI VA SUN`IY YO‘LDOSH MA`LUMOTLARIDAN FOYDALANGAN HOLDA QUM VA CHANG BO‘RONLARI MONITORINGI TIZIMI TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH”  mavzusidagi ilmiy amaliy loyiha

Ijrochi tashkilot: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti.

Moliyalashtirish manbai: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi (SATREPS-2020 «The Project for Development of Innovative Climate Resilient Technologies for Monitoring and Controlling of Water Use Efficiency and Impact of Salinization on Crop Productivity and Livelihood in Aral Sea region” – «Orol mintaqasi sho‘rlanishiga qarshi kurashish va yerdan foydalanish unumdorligini oshirish uchun suv resurslaridan unumli foydalanishni monitoring qilish va nazorat qilishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish loyihasi” doirasida).

Loyihaning  bajarilish  muddati: may 2022 yil – aprel 2025 yil.

Loyihaning maqsadi: Atmosfera modellari, reanaliz maʼlumotlari, yer usti va sunʼiy yo‘ldosh maʼlumotlaridan foydalangan holda qum va chang bo‘ronlari monitoringi tizimi texnologiyasini ishlab chiqish.

Kutilayotgan ilmiy natijalar:

• iqlimiy, meteorologik, sinoptik jarayonlarni hamda tuproq xususiyatlarini hisobga olgan holda qum va chang bo‘ronlarini hosil bo‘lishi sharoitlarini aniqlash maqsadida ilmiy asoslangan ko‘rsatkichlar ishlab chiqiladi;

• MSG geostatsionar sunʼiy yo‘ldosh maʼlumotlaridan foydalanish imkoniyati baholanadi va   qum va chang bo‘ronlari monitoringi uchun ulardan foydalanish texnologiyasi ishlab chiqiladi;

• qum va chang bo‘ronlari monitoringi tizimining uslubiy asoslari va texnologiyasi yaratiladi;

• avtomatik uskunalardan foydalangan holda atmosferadagi chang monitoringi tizimini optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi;

• yer usti va sunʼiy yo‘ldosh maʼlumotlari hamda reanaliz maʼlumotlaridan foydalangan holda qum va chang bo‘ronlaridan ogohlantirish tizimini yaratishga yondashuvlar ishlab chiqiladi.

№ IL-5721122065 «SUV VA QISHLOQ XO‘JALIGIDA MOSLASHISH SALOHIYATINI OSHIRISH UCHUN O‘ZBEKISTONDA IQLIM O‘ZGARISHINING SUV RESURSLARIGA TA`SIRINI BAHOLASH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH»  mavzusidagi ilmiy amaliy loyiha

Ijrochi tashkilot: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti. Hamkor tashkilotlar: Kioto universiteti, Chibo universiteti

Moliyalashtirish manbayi: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi (SATREPS-2020 «The Project for Development of Innovative Climate Resilient Technologies for Monitoring and Controlling of Water Use Efficiency and Impact of Salinization on Crop Productivity and Livelihood in Aral Sea region”  – «Orol mintaqasi sho‘rlanishiga qarshi kurashish va yerdan foydalanish unumdorligini oshirish uchun suv resurslaridan unumli foydalanishni monitoring qilish va nazorat qilishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish loyihasi” doirasida).

Loyihaning  bajarilish  muddati: may 2022 yil,  aprel 2025 yil.

Loyihaning maqsadi: Suv va qishloq xo‘jaligi sohalarida moslashish salohiyatini rivojlantirish hamda iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha chora-tadbirlar va harakatlarni  milliy o‘lchash, hisobot va tekshirish tizimini rivojlantirish uchun O ‘zbekistonda suv resurslariga iqlim o‘zgarishining taʼsirini baholash texnologiyasini ishlab chiqish.

Kutilayotgan ilmiy natijalar:

• matematik modellashtirish usullari va sunʼiy yo‘ldosh yordamida qor-muz qoplamini monitoring qilish texnologiyalari asosida  iqlim o‘zgarishi ssenariylari (CMIP6)ga mos ravishda Amudaryo va Sirdaryo havzalari daryolari suv oqimiga iqlim o‘zgarishini baholash usullari ishlab chiqiladi (Kioto va Chibo universitetlari bilan hamkorlikda);

• oqimni o‘lchashning to‘lqinli kovariatsion tizimlarini (EC-Eddy-covariance flux systems) qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi (Chibo universiteti bilan hamkorlikda);

• «SiBUC” (Kioto universiteti) modelini kvazi-real rejimda yer resurslarini monitoringi bo‘yicha O‘zbekiston sharoitlari uchun  tekshirish natijalari olinadi (Kioto universiteti bilan hamkorlikda);

• suv va qishloq xo‘jaligi sohalarida iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha chora-tadbirlar va harakatlarni  milliy o‘lchash, hisobot va tekshirish tizimini rivojlantirish uchun yondashuvlar, usullar va ko‘rsatkichlar ishlab chiqiladi;

• suv resurslaridan foydalanishni samarali boshqarish uchun gidrologik kuzatishlar monitoringi tarmog‘ini optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.