Xavfli gidrologik hodisalarni o’rganish laboratoriyasi (XGHO’L) GMITI gidrologiya bo’limining tarkibiy qismi hisoblanadi. XGHO’L ning asosiy vazifalari iqlim o’zgarishi va xavfli gidrologik hodisalar bilan bog’liq gidrologik rejimni o’rganish bo’yicha ilmiy grantlar va dasturlarni amalga oshirishni o’z ichiga oladi.

Iqlim o‘zgarishi va uning salbiy oqibatlariga moslashish sharoitida institutning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

• gidrometeorologiya ma’lumotlarini kuzatish, qayta ishlash, shuningdek xavfli gidrometeorologik hodisalarni prognozlashning ilmiy usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish;

• xavfli gidrologik hodisalardan erta ogohlantirish tizimlarini ishlab chiqish va yaratish;

• gidrometeorologik ma’lumotlarni monitoring qilish va qayta ishlash bo‘yicha innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, gidrometeorologik hodisalar va mintaqa iqlimining mumkin bo‘lgan o‘zgarishlari xavfini baholash usullarini takomillashtirish.

XGHO’L O‘zgidrometning tezkor bo‘linmalariga quyidagi masalalarda uslubiy yordam ko‘rsatadi:

• gidrologik axborotni qayta ishlash va O‘zgidromet bo‘linmalariga gidrologik prognozlar va xavfli gidrologik hodisalar to‘g‘risida ogohlantirishlar tayyorlashda uslubiy yordam ko‘rsatish.

• xavfli tabiiy (gidrologik) hodisalar ro‘y berishi to‘g‘risida ogohlantirish va ogohlantirishning tezkor tizimining ishlashini ta’minlash.

• xizmat ko’rsatish hududida avariyalar, falokatlar, tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bilan bog’liq ishlarni gidrologik ta’minlash.

• O‘zgidromet va tarmoq bo‘linmalari mutaxassislarining malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlar (uchrashuvlar, kurslar, amaliyotlar) tashkil etish va o‘tkazish.

Qo’llash sohasi:

• gidrologik jarayonlarni kuzatish davlat tizimining faoliyati va rivojlanishini, shuningdek, O‘zbekiston hududidagi daryolar, ko‘llar va suv havzalarining gidrologik rejimi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, hisobga olish, saqlash va tarqatishni ta’minlash.

• davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, iqtisodiyot tarmoqlarini va aholini xizmat ko‘rsatish hududidagi gidrologik sharoitlarning haqiqiy va bashoratli holati hamda axborot mahsulotlarining ayrim turlari bo‘yicha axborot bilan ta’minlash.

• O‘zbekistonning davlat hokimiyati organlari, aholisi va manfaatdor tashkilotlarini, jumladan, bahorgi toshqin davrida ilmiy-tahliliy gidrologik axborotlar bilan ta’minlash.