Gidrologik jarayonlar va suv resurslarini matematik modellashtirish laboratoriyalari, tadqiqot yo‘nalishlari:

Gidrologik jarayonlarning yangi matematik modellarini ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish.

Gidrologik prognozlarning ishlab chiqilgan usullarini qo’llashga uslubiy rahbarlik va nazorat qilish;

Gidrologik postlardan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash, Orol dengizi havzasi daryolarining gidrologik rejimini o‘rganish va yer usti suvlarining gidrologik rejimi va resurslari bo‘yicha O‘zgidromet uchun tahliliy materiallar tayyorlash

O‘zgidrometning ko‘rsatmasi bo‘yicha davlat suv kadastrini yuritish va daryolar havzalaridagi yer usti suvlarini taqsimlashda suv hisobini yuritishda yordam ko‘rsatadi.

Oʻzbekiston hududidagi gidrologik vaziyatni tavsiflovchi yer usti suv resurslari toʻgʻrisidagi yillik maʼlumotlar, maʼlumotnomalar, byulletenlar, sharhlar va boshqa umumlashtirilgan materiallarni nashrga tayyorlashga koʻmaklashadi.

O‘zgidrometning gidrologik kuzatuvlari materiallarini nashrga tayyorlashga hissa qo‘shadi

Gidrologik postlarni ochish, yopish, ko’chirish va ta’mirlash bilan bog’liq ishlarni muvofiqlashtirishga yordam beradi.

Laboratoriya vazifalari:

– Orol dengizi havzasidagi daryolar oqimining uzoq muddatli prognozlari va hisob-kitoblari;

-O’zbekiston daryolari suv resurslarining hozirgi va istiqboldagi holatini turli iqlim ssenariylaridan foydalangan holda baholash;

-Orol dengizi havzasi daryolarida suvning kamligi va qurgʻoqchilikning yuzaga kelishi, oqimlarning hosil boʻlish va tarqalish hududlari haqida erta ogohlantirish;

-O‘zgidromet kuzatuv tarmog‘ining gidrologik ob’ektlari oqimini hisobga olish;

O’zbekiston Respublikasi suv kadastrini yaratish.