Tabiiy muhit ifloslanishi tadqiqoti bo‘limi

Bo‘lim tuzilmasi:

Ekologik monitoring laboratoriyasi

• Yer usti suv sifatini tadqiqoti laboratoriyasi

Bo‘limning asosiy vazifalari

• Tabiiy muhitlarning ekologik holati monitoringi va tadqiqotlarini ilmiy asoslangan metodologiyasini rivojlantirish;

• Tabiiy muhitlarning ifloslanishi monitoringining mavjud tizimlari mexanizmini takomillashtirish – nazorat postlarini, kuzatuv dasturlarini joylashtirishni optimallashtirish, yangilangan hujjatlar tizimini tashkillashtirish;

• Atrof-muhit sifatini baholash bo‘yicha qabul qilingan xalqaro hujjatlarni O‘zbekiston sharoitlariga moslashtirish va attestatsiya qilish;

• Atmosfera havosi sifati, shu jumladan ayerozollar va issiqxona gazlari ustidan nazorat tarmog‘ini optimallashtirish bilan bog‘liq tadqiqotlar olib borish;

•  Tabiiy muhitlarning ifloslanishi bo‘yicha maʼlumotlar omborini tashkil etish;

• Atrof-muhitga antropogen taʼsirni kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

• Tabiiy muhit holatini masofadan monitoring qilishni ishlab chiqish va takomillashtirish;

• Havo massalari tomonidan ayerozollarni o‘tkazishning matematik modellarini takomillashtirish;

• Ilmiy ish, monografiyalar, uslubiy tavsiyalar va yo‘riqnomalar chop etishga tayyorgarlik ishlarini tashkillashtirish;

• O‘zgidromet xizmatlari, shuningdek boshqa vazirlik va idoralar bo‘linmalari faoliyatida tabiiy muhitning ifloslanishini monitoring qilish ishlarini tashkil etishda ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish;

•  O‘zbekiston Respublikasi hududining ifloslanish darajasini aniqlash bo‘yicha ekspeditsiya ishlarini o‘tkazish;

• O‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy seminarlar va konferensiyalarni tashkilllashtirish va bevosita ishtirok etish;

• Suv sifatini monitoring qilish tizimini optimallashtirish bo‘yicha ishlar;

• O‘zbekiston daryolarining gidrokimyoviy holatini o‘zgarishi bo‘yicha tadqiqotlar va GAT texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash orqali yer usti sifat axborot-tahlil tizimini ishlab chiqish;

• Ilmiy mehnat, monografiyalar, uslubiy tavsiyalar va yo‘riqnomalarni nashr etishga tayyorlash;

• O‘zgidromet xizmatlari va laboratoriyalari, hududlar faoliyatida ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish;

• Tumanlar va alohida joylarni ekspeditsiya-ko‘rikdan o‘tkazish, kimyoviy tahlillar o‘tkazish uchun suv namunalarini tanlash;

• Atrof-muhit obʼektlarini baholashda kosmik fotosuratlar bilan ishlashni tashkillashtirish;

• Ifloslanishning oldini olish va kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

• Aydar-Arnasoy ko‘l tizimi misolida suv obʼektlarining ekologik holatini baholash bo‘yicha metodologik yondashuvlarni rivojlantirish ishlarini amalga oshirish;

• Ekosistema komponentlaridagi ifloslantiruvchi moddalar tarkibini baholash bo‘yicha tadqiqotlar olib borish;

• Suv massalarining ifloslanish darajasini o‘rganish;

• O‘zgarayotgan iqlim sharoitida yer degradatsiyasini va qurg‘oqchilik xavfsizligini baholash uchun masofadan zondlash usullari va texnologiyani rivojlantirish va moslashtirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish;

• Amudaryo va Sirdaryo transchegaraviy daryolarining gidrologik va gidrokimyoviy rejimlarini tadqiqotlar olib borish;

• Atrof-muhit obʼektlarining ifloslanish darajasini baholash bo‘yicha kimyoviy tahlillar o‘tkazish

Foydalanish sohasi

• O‘zgidromet tarmoqlari va manfaatdor vazirlik va idoralarini zamonaviy usullardan (texnologiyalar GAT, kosmik rasmlar) foydalangan holda atrof-muhit obʼektlarining kompleks ekologik monitoringini rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha ilmiy maʼlumotlar bilan taʼminlash;

• Atrof-muhit obʼektlarining sifatini baholash bo‘yicha olingan metodologik ishlanmalardan mintaqaning ekologik holati, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qaror qabul qiluvchi tuzilmalar uchun joyning rivojlanish holati to‘g‘risida tahliliy materiallarni tayyorlashda foydalanish;

• Atrof-muhit obʼektlarining sifati bo‘yicha yaratilgan maʼlumotlar bazasi xo‘jalik yurituvchi subʼektlar uchun axborot tayyorlash uchun foydalanish;

• Ekologik monitoring samaradorligini oshirish usullari bo‘yicha natijalar hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognozlashtirish uchun tabiiy resurslarni boshqarish sohasida, shuningdek, favqulodda vaziyatlar prognozini tuzishda va ularning oldini olish choralarini olishda zarur.

• Ekotizimni barqarorlashtirish va holatini yaxshilash bo‘yicha olingan natijalar O‘zgidromet Monitoring va tezkor xizmati bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Suv va qishloq xo‘jaligi vazirliklari uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishda foydalailadi.

• Toshkent ekologik monitoringi tizimini takomillashtirish natijalari sanoat va qishloq xo‘jaligi toksikantlari tomonidan GAT texnologiyalaridan foydalanish bilan ifloslanishning turli darajasini aniqlash uchun foydalaniladi.