Qishloq xo‘jalik meteorologiyasi bo‘limi

Bo‘lim tuzilmasi:

• Agroiqlimiy resurslar va agroekologik monitoring laboratoriyasi

Bo‘limning asosiy vazifalari:

Qishloq xo‘jaligi meteorologiyasi bo‘limining ilmiy tadqiqotlari O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini agro- va zoometeorologik maʼlumotlar bilan taʼminlashni ishlab chiqishdan iborat.

Bo‘lim ilmiy faoliyati quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

• Agroiqlimiy resurslar o‘zgaruvchanligini tadqiq etish;

• Agrometeorologik holatni baholash usullari va uzoq muddatli agroiqlimiy prognozlash uslublarini takomillashtirish hamda yangilarini yaratish;

• Ekinlar mahsuldorligining shakllanish jarayonlarini modellashtirish va yetakchi qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi navlarini o‘stirish, rivojlantirish, hosildorligini shakllanishida muntazam va tezkor axborotlar asosida zaruriy optimal xo‘jalik qarorlarini qabul qilish uchun agrometeorologik maslahatlar ishlab chiqish;

• O‘zbekiston hududi bo‘yicha agrogidrologik jihatdan issiqlik rejimini tadqiqotlash;

• Nazorat va eksperimental ishlarni texnik qayta jihozlash, agrometeorologik maʼlumotlar bilan taʼminlanish darajasini oshirish maqsadida yangi yer usti va masofadan o‘lchash vositalarini joriy etish;

• Qishloq xo‘jaligiga agrometeorologik xizmat ko‘rsatishning yangi ilmiy asoslangan usullarini takomillashtirish va ishlab chiqishni taʼminlash;

• O‘zgidrometning tezkor bo‘linmalari va agrometeorologiya sohasidagi tarmoq bo‘linmalari uchun uslubiy tavsiyalar, ko‘rsatmalar tayyorlash bo‘yicha yordam ko‘rsatish, hamda mavjud stansiyalardagi agrometeorologik kuzatuv ishlarini nazorat qilishning rejali topshiriqlarini bajarishda metodik maslahat va yo‘llanmalar berish;

• Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun ilmiy-amaliy maʼlumotnomalar tayyorlash.

Foydalanish sohasi:

• O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi hududlaridagi agrometeorologik sharoitlarni kuzatish, meteorologiya va agrometeorologiya sharoitlari to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash tizimining ishlashini taʼminlash;

• Respublika xukumat va xo‘jalik tashkilotlari, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining paxtachilik, g‘alla xo‘jaligi, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, chorvachilik tarmoqlarining agroiqlimiy maʼlumotlar bilan taʼminlash.