Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan amalga oshirilayotgan Geoinjiniring loyihasi doirasida Piskom daryosi havzasidagi Barqiroq muzligida muz erishini kamaytirishga qaratilgan tajriba-sinov ishlari olib borildi. Tajriba doirasida muzlik yuzasining 100 m² maydoni maxsus geotekstil materiali bilan qoplangani haqida ta’kidlab o‘tilgan edi.

Tajribaning ilmiy ahamiyatini ta’minlash maqsadida geotekstil bilan qoplangan maydon bilan bir qatorda ochiq, qoplanmagan nazorat maydoni ham tashkil etildi. Har ikki maydonga maxsus o‘lchov reykalari o‘rnatilib, muz yuzasining vaqt davomida qancha pasayishi kuzatildi. Bu esa geotekstil qoplama ostidagi va ochiq muzlik yuzasidagi erish jarayonlarini o‘zaro taqqoslash imkonini berdi.

2026-yil 24-sentabr kuni O‘rta Barqiroq muzligida navbatdagi dala kuzatuvlari va o‘lchov ishlari amalga oshirildi. O‘rnatilgan o‘lchov reykalaridan sanoqlar olindi hamda tajriba maydonchasining holati tekshirildi.

Dastlabki o‘lchov natijalari ijobiy natijani ko‘rsatdi. Geotekstil materiali bilan qoplangan maydonda ochiq muzlik yuzasiga nisbatan erishi taxminan 40 foizga kam bo‘lgan. Mazkur natija geotekstil qoplamaning quyosh radiatsiyasi ta’sirini kamaytirish orqali muzlik yuzasidagi ablyatsiya jarayonini susaytirish imkoniyatiga ega ekanligini ko‘rsatmoqda.

Geotekstil materiali qoplangan yuzaning ochiq yuzadan farqi