MODSNOW moduli bilan tanishuv treningi!
7-11 avgust kunlari “O‘zgidrometda MODSNOW modulini takomillashtirish va seminarlar” mavzusidagi o‘quv seminari bo’lib o’tdi. Ma’ruzalar Dr. Abror Gafurov va Mr. Friedrich Busch tomonidan rus- ingliz tillarida olib borildi. O’zgidromet hamda Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqqot instituti hodimlari va yosh izlanuvchi talabalar ushbu seminarda ishtirok etishdi. MODSNOW gidrologik modelini takomillashtirish va undan real vaqt rejimida Markaziy Osiyo mintaqasidagi suv zaxiralarini monitoring qilishda foydalanish bo’yicha, MODSNOW dasturining 4 ta moduli O’zgidromet xodimlari va yosh izlanuvchilarga o’rgatildi. Natijalar gidrometeorologiya xizmati agentligiga taqdim etildi, bu esa suv toshqini prognozlarini, shuningdek, butun mintaqada vegetatsiya davri uchun suv bilan ta’minlanish prognozlarini yaxshilashga yordam beradi.


Ma’lumot uchun:
MODSNOW – Markaziy Osiyodagi qor qoplami va suv resurslarini kuzatish uchun operatsion vosita. MODSNOW Tool xususiyatlari:
i) operatsion va har qanday daryo havzasidagi qor qoplamining avtomatik monitoring;
ii) qor qoplami ma’lumotlaridan foydalangan holda masofaviy zondlash asosida gidrologik prognozlash;
iii) qor qalinligi, qor erishi va qorning suv ekvivalenti operativ monitoringi;
iv) yoz oylarida muzliklarning erishi hisobga olingan holda qisqa muddatli (bir necha kun) gidrologik prognoz qilish.
