Milliy loyihalar

Bugungi kunda Gidrometeorologiya xizmati markazi huzuridagi Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti (GMITI) olimlari O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan bir qator ilmiy amaliy loyihalar ustida ishlashmoqda.

№ ALM-202107010 “GLOBAL IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA TOG‘ MUZLIKLARI MASSASI BALANSI O‘ZGARISHINING MONITORING TIZIMINI VA MUZLIKLARNING KELAJAKDAGI HOLATINI TAVSIFLOVCHI SSENARIYLARNI ISHLAB CHIQISH” mavzuidagi ilmiy amaliy loyiha

Ijrochi tashkilot: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti.

Xamkor tashkilotlar: Geologiya va geofizika instituti , O‘zbekiston Milliy Universiteti.

Loyihaning  bajarilish  muddati: iyul 2021 yil – iyun 2024 yil.

Loyihaning maqsadi: iqlim o‘zgarishi sharoitida muzliklar massasi balansini yillik o‘zgarishini tadqiq etishda mavjud usullar – glyasiologik, masofadan zondlash va modellashtirish orqali kompleks monitoring tizimini yo‘lga qo‘yishdan iborat. Loyihada muzliklar monitoringini olib borishda kopleks yondashish muzliklar shakl va o‘lcham ko‘rsatkichlari hisoblashlarni amalga oshirishga va muzliklar massasi balansini kelajakda holatini tavsiflovchi ssenariylar ishlab chiqish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.

Kutilayotgan ilmiy natijalar:

·       uning asosida O‘zbekistonning bioiqlimiy resurslari ilk bor baholanadi;

·       bioiqlimiy sharoitlarni hisobga olish asosida tadqiqot obʼektlarida qo‘shimcha turistik “o‘sish qutblari” aniqlanadi;

·       bioiqlimiy sharoitlar va turistik oqimni bog‘lovchi ekonometrik model ishlab chiqiladi;

·       sohaga ajratilayotgan maqsadli budjet mablag‘lari va kiritilayotgan investitsiyalardan samarali foydalanishga erishiladi;

·       Tadqiqot obʼektlari turistik potensialining kartografik modeli hamda uning asosida mahalliy va xorijiy turistlar uchun eng maqbul mavsumlarni tanlash imkoniyatini beruvchi mobil ilova yaratiladi;

·       turistik oqimni aniqlash asosida joylashtirish obʼektlari va turistik xizmat ko‘rsatish subʼektlari sonini oshirish bo‘yicha manzilli prognozlar ishlab chiqiladi.

№ ALM-202107009 “OB-HAVO PROGNOZINING COSMO-CA SONLI MODELI MA`LUMOTLARI ASOSIDA XAVFLI GIDROMETEOROLOGIK HODISALAR (KUCHLI SHAMOL, JALA YOMG‘IRLARI, SEL TOSHQINLARI) MONITORING TIZIMI VA UNING MOBIL ILOVASINI YARATISH” mavzuidagi ilmiy amaliy loyiha 

Ijrochi tashkilot: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti.

Xamkor tashkilotlar: O‘zbekiston Milliy Universiteti.

Loyihaning  bajarilish  muddati: iyul 2021 yil – iyun 2023 yil.

Loyihaning maqsadi: Mamlakatda global iqlim o‘zgarishi jarayoni tezlashayotgan ayni davrda maʼlum hududlarda muayyan vaqt oralig‘ida kuzatiladigan xavfli gidrometeorologik hodisalar(kuchli shamol, jala yomg‘irlar va sel-toshqinlari)ni oldindan prognoz qilish, erta ogohlantirish tizimini ob-havo prognozining sonli modellari hamda geoaxborot kartalar portali asosida  yaratish ko‘zda tutilgan.

Kutilayotgan ilmiy natijalar:

·       O‘zbekistonning tog‘li hududlari uchun to‘r qadami 2,2 x 2,2 km o‘lchamli COSMO-CA modelining hisoblash natijalari aniqligi oshiriladi;

·       O‘zgidromet tarmog‘idagi MRLlar maʼlumotlarini COSMO-CA modeliga kiritish orqali hisoblash aniqligi oshiriladi;

·       model hisoblash natijalari bo‘yicha qo‘shimcha parametrlarni (qatlam o‘rtacha harorati, inversiya qatlami, haroratning vertikal gradiyenti va h.k.) aniqlash uchun fieldextra dasturiy paketi ishga tushiriladi;

·       ICON modeliga o‘tishga erishiladi;

·       model hisoblash natijalarini vizualizatsiyalash sifati oshiriladi;

·       kuchli shamollar va jala yomg‘irlarining shakllanish o‘choqlari va jadalligini tavsiflovchi prognostik kartalar tuziladi;

·       model natijalari asosida kuchli shamol va yog‘inlarini prognozlash bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqiladi;

·       tog‘ daryolar havzasida shakllangan sel-toshqinlarni yetib kelish vaqti bilan meteorologik omillar, xususan, jala yomg‘irlarining intensivligi va miqdori orasidagi bog‘lanishlarning regressiya tenglamalari yaratiladi.

№ AL-21071175 “BIOIQLIMIY SHAROITLARNI HISOBGA OLGAN HOLDA TURIZM HUDUDLARIDA TURPAKETLARNI DIVERSIFIKATSIYALOVCHI HAMDA O‘ZBEKISTON TURISTIK SALOHIYATINI KO‘RSATUVCHI KARTOGRAFIK MODEL VA UNING ILOVASINI YARATISH” mavzuidagi ilmiy amaliy loyiha

Ijrochi tashkilot: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti.

Xamkor tashkilotlar: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, O‘zbekiston Milliy Universiteti.

Loyihaning  bajarilish  muddati: aprel 2022 yil – mart 2023 yil.

Loyihaning maqsadi: Toshkent shahri, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarining iqlimiy sharoitlarini baholash, ularning biometeorologik sharoitlarini havo qurg‘oqchiligining termogigrometrik koeffitsiyenti vositasida aniqlash, bioiqlimiy sharoitlarning fazo va makondagi taqsimot qonuniyatlarini tadqiq etish, turistik markazlar bioiqlimiy sharoitlarini hisobga olgan holda yilning turli mavsumlari uchun yangi turpaketlarni ishlab chiqish va turizmning yil davomidagi barqarorligiga erishish, hududlarda kunning komfort davrini inobatga olgan holda turistik dasturlarni tuzishda zarur takliflar berish, turistik markazlarda yo‘lbo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, loyihani bajarish yakunida olingan natijalarni mujassamlashtiruvchi kartografik model va uning mobil ilovasini yaratish.

Kutilayotgan ilmiy natijalar:

•             biometeorologik indeks sifatida ilk bor havo qurg‘oqchiligining termogigrometrik koeffitsiyentidan foydalanish imkoniyati ilmiy asoslanadi;

•             uning asosida O‘zbekistonning bioiqlimiy resurslari ilk bor baholanadi;

•             bioiqlimiy sharoitlarni hisobga olish asosida tadqiqot obʼektlarida qo‘shimcha turistik “o‘sish qutblari” aniqlanadi;

•             bioiqlimiy sharoitlar va turistik oqimni bog‘lovchi ekonometrik model ishlab chiqiladi;

•             sohaga ajratilayotgan maqsadli budjet mablag‘lari va kiritilayotgan investitsiyalardan samarali foydalanishga erishiladi;

•             Tadqiqot obʼektlari turistik potensialining kartografik modeli hamda uni

№ IZ-2020113030  “O‘ZBEKISTONDA STABIL IZOTOPLARDAN FYDALANIB SUV RESURSLARI VA ULARNING IFLOSLANISHINI MONITORING QILISH BO‘YICHA DASTURIY MAHSULOT YARATISH» mavzuidagi ilmiy  amaliy loyiha

Ijrochi tashkilot: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti.

Loyihaning  bajarilish  muddati: may 2022 yil – aprel 2025 yil.

Loyihaning maqsadi: O‘zbekistondagi daryolarning to‘yinish manbalari (muzlik, qor, yomg‘ir, yer osti suvlari) va ularni ifloslantiruvchi manbalarni hududiy va davriy o‘zgarishlarini izotop gidrologiyasi usullari yordamida baholash hamda Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT-WMO) va Xalqaro atom energetikasi agentligi (XAEA-IAEA)ning GNIP (The Global Network for Isotopes in Precipitation – Yog‘inlardagi izotoplar global tarmog‘i) va GNIR (Global Network of Isotopes in Rivers – Daryolardagi izotoplar global tarmog‘i) maʼlumotlar bazalariga integratsiyalanadigan dasturiy mahsulot yaratishdan iborat.

Kutilayotgan ilmiy natijalar:

•             O‘zbekistonda izotoplar gidrologiyasi usullari yordamida suv resurslari va ularning sifati monitoringi tizimining uslubiy asoslari yaratiladi;

•             O‘zbekiston daryolari suvlari va yog‘inlardagi δ2H va δ18O izotoplarining vaqt va hudud bo‘yicha o‘zgarishlari aniqlanadi;

•             Chirchiq va Ohangaron daryolari misolida daryolar to‘yinish manbalari (muzlik, qor, yomg‘ir, yer osti suvlari)ning daryo oqimiga hissalarining miqdoriy ko‘rsatkichlari aniqlanadi;

•             JMT va XAEAning GNIP va GNIR global bazalariga integratsiyalangan, O‘zbekistondagi yog‘inlar va daryolar suvlari tarkibidagi δ2H va δ18O izotoplari miqdori maʼlumotlari bazasi yaratiladi;

•             O‘zbekistonda xalqaro standartlarga mos izotoplar laboratoriyasi tashkillashtiriladi;

•             stabil izotoplarning vaqt va hudud bo‘yicha taqsimlanishi dasturiy mahsulot yaratiladi.

№ PZ-203132020  “DARYOLAR OQIMI UZOQ MUDDATLI PROGNOZLARI  SIFATINI OSHIRISH UCHUN MATEMATIK MODELLAR, MASOFAVIY ZONDLASH VA YER USTI KUZATISH TARMOG‘I MA`LUMOTLARIDAN FOYDALANGAN HOLDA O‘ZBEKISTON TOG‘LI HUDUDLARIDA QOR ZAXIRALARI SHAKLLANISHI DINAMIKASINING YANGI DASTURIY TA`MINOTINI YARATISH» mavzuidagi ilmiy  amaliy loyiha

Ijrochi tashkilot: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti.

Loyihaning  bajarilish  muddati: yanvar 2022 yil – dekabr 2023 yil.

№ ALM-202107008  «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDLARI UCHUN SEL OQIMI XAVFINI OLDINDAN OGOHLANTIRISHNING INTERAKTIV ONLAYN TIZIMINI YARATISH» mavzuidagi ilmiy  amaliy loyiha

Ijrochi tashkilot: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti.

Loyihaning  bajarilish  muddati: iyul 2021 yil – iyun 2024 yil.

№ AL-202102320  «TURLI JADALLIKDAGI JALA YOG‘INLARI NATIJASIDA TOSHKENT SHAHRINING SUV TOSHQINI HUDUDLARINI ANIQLASH VA PROGNOZLASH BO‘YICHA RAQAMLI KARTASINI YARATISH»  mavzuidagi ilmiy  amaliy loyiha

Ijrochi tashkilot: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti.

Loyihaning  bajarilish  muddati: may 2022 yil – aprel 2024 yil.