Trening Toshkent shahrida 2023-yilning 17-18-iyul kunlari “Panarams” mehmonxonasida bo’lib o’tdi.

Tadbirda  Gidrometeorologiya  xizmati  agentligi  hodimlari  Abdurasul  Sobirov,  Natalya  Agalseva hamda  Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot  instituti  direktori  F.Agzamov,  shuningdek,  insititut  hodimlari  Zuxra  Tillyaxodjayeva,  Saidov O‘lmas,  Xudoyberganova Indira  va  boshqalar  ishtirok  etdi.

Trening maqsadi manfaatdor tomonlar va loyiha hamkorlarining mintaqaviy tarmog’ini yaratish. Loyiha bilan tanishish, maqsad, vazifalar, rejalashtirilgan tadbirlar, kutilayotgan natijalar muhokama qilishmigratsiya, atrof-muhit va iqlim o’zgarishi masalalari bo’yicha salohiyatni oshirish bo’yicha treninglar oʻtkazishdan iborat. Trening yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikat taqdim etildi.