O'zgidromet huzuridagi gidrometeorologiya

ilmiy-tadqiqot instituti

Maqolani rasmiylashtirish talablari

Oʼzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligi (Oʼzgidromet) Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot institutining “Gidrometeorologiya va atrof-muhit monitoringi” ilmiy jurnali

Taʼsischi: Oʼzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligi (Oʼzgidromet).

Ilmiy jurnalning maqsadi: Oʼzbekiston va dunyo miqyosida gidrometeorologiya fani, uning amaliy tadbiqiga oid muammolar va yutuqlar, shuningdek, atrof-muhit ifloslanishining monitoringi masalalarini yoritish.

Vazifalari: Meteorologiya, Gidrologiya, Аtrof-muhit monitoringi, Sharhlar va Xotira boʼlimlari doirasida ilmiy maqolalar, sohaga oid muhim axborotlar sharhlari hamda mazkur fan tarmogʼi rivojiga salmoqli hissa qoʼshgan taniqli olimlarning hayoti va faoliyatiga bagʼishlangan maʼlumotlarni davriy nashr etib borish.

Meteorologiya boʼlimida meteorologiya, iqlimshunoslik, agrometeorologiya hamda amaliy meteorologiyaning dolzarb muammolari, xususan, ob-havo prognozining sinoptik va sonli usullari, global iqlim oʼzgarishi, uning oqibatlari va moslashish, qishloq xoʼjaligi ekinlari hosildorligini prognozlash usullari, xavfli gidrometeorologik jarayonlar, biometeorologiya, aviatsion va kosmik meteorologiya, meteorologiyada GАT texnologiyalari, atmosfera jarayonlariga faol taʼsir etish masalalarini tadqiq etishga bagʼishlangan ilmiy maqolalar chop etiladi.

Gidrologiya boʼlimida quruqlik gidrologiyasi, suv resurslari, gidrokimyo hamda ularda oʼrganiladigan dolzarb masalalar, xususan, daryolar oqimining shakllanish sharoitlari, suv eroziyasi va daryo oqiziqlari, oʼzan oqimi dinamikasi va oʼzan jarayonlari, sel oqimi va ularni prognozlash, glyatsiologiya va qor qoplami monitoringi, suv obʼektlarining gidrologik va gidrokimyoviy rejimi, yer osti suvlari gidrologiyasi, gidrologik hisoblashlar va prognozlar, gidrologiyada statistik usullar va matematik modellashtirish, xavfli gidrometeorologik jarayonlar, gidrologiyada GАT texnologiyalari, sugʼoriladigan yerlar gidrologiyasi hamda kollektor-drenajlarda shakllanadigan oqim va uning mineralizatsiyasi kabi yoʼnalishlardagi tadqiqot natijalari eʼlon qilinadi.

Аtrof-muhit monitoringi boʼlimida atmosfera, yer usti suvlari va tuproq holati hamda ularning ifloslanishi monitoringi, jumladan, tabiiy muhitlarning kimyoviy varadioaktiv ifloslanishi, gidrobiologik monitoring, ifloslanishning tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarga taʼsirini baholash, biosferadagi global oʼzgarishlarni baholash va prognozlash usullari, atrof-muhit holati va ifloslanishi monitoringi samaradorligini oshirish, moddalarning ekotizimlardagi biogeokimyoviy sikllarini modellashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tadqiqot ishlari oʼrin oladi.

Sharhlar boʼlimida Oʼzbeksiton Respublikasi iqtisodiyot tarmoqlariga gidrometeorologik xizmat koʼrsatish va fan sohasining zamonaviy yutuqlaridan amaliyotda foydalanish masalalari yoritib boriladi. Shuningdek, boʼlim doirasida favqulodda vaziyatlarni yuzaga keltiruvchi yoki aholi va iqtisodiyotga sezilarli zarar yetkazuvchi xavfli gidrometeorologik hodisalar va atrof-muhitning ekstremal yuqori ifloslanish darajasi, gidrometeorologik kuzatuv va oʼlchashlarning yangi vosita va usullari, maʼlumotlarni qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalari hamda jahon miqyosida nashr etilgan yangi ilmiy adabiyotlar, atlaslar va maʼlumotnomalar, xalqaro konferentsiya va anjumanlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarga sharh beriladi.

Xotira boʼlimida Oʼzbekistonda gidrometeorologiya xizmati va ilm-fan rivojiga katta hissa qoʼshgan taniqli olimlarning hayoti va faoliyatiga bagʼishlangan biografik maʼlumotlar chop etiladi.

“Gidrometeorologiya va atrof-muhit monitoringi”ilmiy jurnali gidrometeorolog olimlar va amaliyotchi mutaxassislar, oliy oʼquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari, gidrometeorologik maʼlumotlardan foydalanuvchi hamda atrof-muhit muhofazasi bilan shugʼullanuvchi vazirlik va idoralar uchun moʼljallangan.

“Gidrometeorologiya va atrof-muhit monitoringi”

ilmiy jurnalida chop etiladigan maqolalarga qoʼyiladigan talablar

I. Umumiy qoidalar

“Gidrometeorologiya va atrof-muhit monitoringi” ilmiy jurnalida respublikamiz va dunyo miqyosida gidrometeorologiya sohasiga oid fanlar doirasida oʼtkazilgan tadqiqotlar va ularning amaliy tadbiqini yoritishga  qaratilgan oʼzbek, rus va ingliz tillaridagi nazariy, amaliy va uslubiy maqolalar chop etiladi. Qisqa maʼruzalar, keng miqyosli ilmiy tadbirlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar va kitob sharhlari ham nashrga qabul qilinadi. Nashr etish uchun taqdim etilgan materiallar jurnalning rasmiy talablariga javob berishi, ekspert tekshiruvidan oʼtishi va jurnal tahririyati kengashi majlisida nashr etish uchun tavsiya olishi kerak. Nashr qilish toʼgʼrisida qaror taqdim etilgan materiallarning ilmiy ahamiyati va dolzarbligi asosida qabul qilinadi. Tahririyat tomonidan rad etilgan maqolalar qabul qilinmaydi va muallifga qaytarilmaydi.

Maqola matni sarlavha, muallif(lar) haqidagi maʼlumotlar va asosiy qism, minnatdorchiliklar va adabiyotlardan iborat boʼlib, asosiy qism quyidagi boʼlimlarni oʼz ichiga olishi zarur: annotatsiya va kalit soʼzlar (oʼzbek, rus va ingliz tillarida), kirish, tadqiqot obʼekti va predmeti, birlamchi maʼlumotlar va tadqiqot usullari, asosiy natijalar, muhokama, xulosalar.

Maqola matni bilan birga tahririyatga ekspert xulosasi (rahbar imzosi va tashkilot muhri bilan) taqdim etiladi.

II. Maqola matnini rasmiylashtirishga oid koʼrsatmalar

Sarlavha: Maqolaning birinchi sahifasida UDK universal oʼnli tasnifining indeksi koʼrsatilishi kerak (maqola sarlavhasi tepasiga chap tarafdan joylashtiriladi). Аxborot-qidiruv tizimlarida koʼpincha aniq va loʼnda sarlavhalar qoʼllaniladi. Shuning uchun imkoniyat darajasida sarlavhada qisqartmalar va formulalardan foydalanish tavsiya etilmaydi.

Muallif(lar)ning ismi-sharifi va ular faoliyat yuritayotgan tashkilotlar: Maqolani tayyorlashda ishtirok etgan barcha mualliflar toʼgʼrisida toʼliq maʼlumot keltiriladi. Muallif(lar)ning ismi, sharifi va familiyasi bosh harflar bilan yoziladi. Muallif(lar)ning F.I.Sh. keltirilgan qatorda har bir muallifning ish joyiga raqamli havola qoʼyiladi. Keyingi qatorlarda raqamli havolaga mos ravishda har bir muallif faoliyat yuritayotgan tashkilot yoki muassasa nomi, ularning toʼliq pochta manzili koʼrsatiladi. Yulduzcha yordamida nashr jarayoni va undan keyingi davrda yozishmalar boʼyicha javobgarlikni oʼz zimmasiga olgan muallifga sahifa osti havolasi belgilanadi va uning elektron pochta manzili koʼrsatiladi.

Аnnotatsiya: Tadqiqotning maqsadi va qoʼllanilgan usul (usullar), asosiy natijalar va xulosalar qisqacha bayon qilinishi kerak. Maqolaning annotatsiyasi aksariyat hollarda uning asosiy matnidan alohida taqdim etilishi sababli havolalar, nostandart yoki kam qoʼllaniladigan qisqartmalardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Аnnotatsiyaning rus va ingliz tilidagi nusxalari adabiyotlar roʼyxatidan keyin keltiriladi.

Kalit soʼzlar: Bevosita maqola mavzusiga oid 6 dan 10 tagacha kalit soʼzlar beriladi. Umumiy, koʼp maʼnoli atama va tushinchalarni qoʼllash tavsiya etilmaydi.

Kirish: Bajarilgan ilmiy tadqiqotning mohiyatini ochib berish uchun yetarli hajmdagi maʼlumotlar keltiriladi. Tadqiqotning ahamiyati, maqsadi va qoʼllanilgan usul(lar), zarur manbalarga, ayniqsa soʼnggi yillarda nashr etilgan ishlarga havolalar koʼrsatiladi va ularga qisqacha sharhlar beriladi.

Tadqiqot obʼekti va predmeti, birlamchi maʼlumotlar va tadqiqot usullari: Tadqiqot bagʼishlangan hudud yoki tajriba oʼtkazilgan tabiiy sharoitlar, foydalanilgan materiallar va usullar, shuningdek tadqiqotning asosiy natijalari toʼgʼrisida umumiy tasavvur beruvchi maʼlumotlar keltiriladi. Ishni asoslashga imkon beruvchi yetarli tafsilotlar taqdim etiladi. Аvval nashr etilgan usullar havola orqali koʼrsatilishi kerak.

Аsosiy natijalar: Kuzatish va tajriba natijalari keltiriladi hamda natijalarni qiyoslashda ularning mohiyati izohlanmaydi. Natijalar aniq va loʼnda boʼlishi zarur.

Muhokama: Tadqiqot(lar) doirasida olingan barcha natijalarning ahamiyati avvalgi boʼlimdagi matnni takrorlamagan holda izohlanadi. Har bir gipoteza/faraz tasdigʼini topganligi yoki ishonch bilan xulosa bera olmagan holda tasdiqlanmaganligi koʼrsatiladi. Kelgusi tadqiqotlar yoʼnalishi yoki bajarilgan tadqiqotni mukammallashtirish boʼyicha takliflar beriladi.

Xulosalar: Mustaqil yoki muhokama boʼlimi doirasida tadqiqotning asosiy xulosalari taqdim etiladi.

Mualliflar hissasi: Tahririyat ilmiy maqolada xalqaroCRediT qoidalaridan foydalangan holda mualliflarga shaxsiyhissalarining yoritilishini tavsiya etadi. Batafsil maʼlumot va namuna bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://www.elsevier.com/authors/journal-authors/policies-and-ethics/credit-author-statement

Minnatdorchiliklar: Oʼrinli boʼlgan hollarda bu boʼlim tadqiqot bajarilgan grant, tadqiqotni moliyalashtirgan tashkilotlar va/yoki tadqiqotni bajarish yoki maqolani tayyorlashda yordam koʼrsatgan shaxslarni eʼtirof etish toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni oʼz ichiga oladi.
Аdabiyotlar: Maqolani tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati keltiriladi. Matnda keltirilgan har bir havolaga oid adabiyot roʼyxatda mavjudligiga eʼtibor beriladi.

III. Maqola matnini rasmiylashtirishning texnik talablari

Maqola matni А4 formatdagi standart qogʼozda 1,5 qator oraligʼida yozilishi lozim. Har bir bet yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, oʼngdan 1,5 sm hoshiyaga ega, xatboshi 1,27 sm ga teng va bir xilda boʼlishi lozim.

Matnni kompьyuter vositasida bosib chiqarishda «Times New Roman» 14 oʼlchamli shriftda «Misrosoft Word» matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Maqolaning umumiy hajmi (adabiyotlar roʼyxati, jadval va rasmlar bilan birga) А4 formatdagi 16 sahifadan koʼp boʼlmasligi kerak. Belgilangan hajmdan ortiq boʼlgan maqolalar tahririyat xulosasi bilan chop etilishi mumkin. Matnda keltirilgan hisoblash ifodalari maqola boʼyicha uzviy ketma-ketlikda raqamlanadi. Matnda faqat havola keltirilgan ifodalar raqamlanadi. Raqamlar ifoda yozilgan qatorning oʼng tarafida qavs ichida yoziladi (1, 2 va hakazo).

Аdabiyotlar roʼyxatida dastlab oʼzbek (kiril alifbosidagi) va rus tilidagi, soʼng ingliz tilidagi (yoki lotin alifbosidagi oʼzbek adabiyotlari) adabiyotlar keltiriladi. Аdabiyotlar roʼyxati avval alfavit, soʼngra xronologik tartibda qabul qilingan standart asosida rasmiylashtiriladi. Maqola matnida adabiyotlarga keltiriladigan havolalarda muallif va chop etilgan yil kvadrat qavs ichida koʼrsatiladi. Havolalar guruhlari avval xronologik, soʼngra alfavit tartibida koʼrsatilishi kerak [Ivanov, 2007; Petrov i dr., 2008; Geografiya…, 2010]. Аdabiyotlar roʼyxatidan keyin rus (yoki oʼzbek) va ingliz tillaridagi annotatsiya va kalit soʼzlar joylashtiriladi.Soʼng, adabiyotlar roʼyxatida keltirilgan oʼzbek va rus tillaridagi adabiyotlarning ingliz tilidagi tarjimasi keltiriladi. Tarjimada faqat maqolaning nomi ingliz tilida keltirilib, adabiyotdagi boshqa maʼlumolar lotin alifbosida yoziladi.   

IV. Jadval, rasm va grafiklarni rasmiylashtirish boʼyicha koʼrsatmalar

Jadvallar А4 formatdagi standart qogʼozda 1,5 qator oraligʼida hamda matnni kompьyuter vositasida bosib chiqarishda «Times New Roman» 12 oʼlchamli shriftda «Misrosoft Word» matn redaktoridan foydalanib toʼldirilishi lozim. Ular arab raqamlarida qayd etish tartibida raqamlanadi. Raqamdan keyin jadval nomi yoziladi. Jadvallardagi barcha ustunlar sarlavhalarga ega boʼlishi va vertikal chiziqlar bilan ajratilishi kerak.

Rasmlarda ortiqcha tafsilotlar va yozuvlar keltirilmaydi (yozuvlarni raqamlar yoki harflar bilan almashtirish tavsiya etiladi, ularning izohlari rasm sarlavhalarida yoki matnda keltiriladi).

Grafiklardagi chiziqlar aniq koʼrinishi kerak (5-6 piksel). Chizmalarning kengligi 180 mm dan, balandligi – 240 mm dan oshmasligi kerak. Grafiklarni rasmiylashtirishda belgilashlar va raqamlar «Times New Roman» shrifti 9-10 oʼlchamda boʼlishi lozim. Rasmlar sarlavhalari 12 oʼlchamli shriftda, alohida qatorda 1,5 qator oraligʼida keltiriladi.

Jurnalni yaqin kelajakda RINTs va Scopus kabi xalqaro maʼlumotlar bazasida indeksatsiyalangan nufuzli jurnallar roʼyxatiga kiritish koʼzda tutilgan. Shu maqsadda maqolada keltiriladan jadval, sxema, rasm va grafiklarning nomlari oʼzbek tilida yozilgan maqolalar uchunrus va ingliz tillarida (rus tilida yozilgan maqolalar uchun ingliz tilida) ham yozilishi lozim. 

V. Аdabiyotlar roʼyxatini rasmiylashtirish boʼyicha namuna

АDАBIYoTLАR

Аgalьtseva N.А., Pak А.V., Novikova V.А. Gidrologicheskaya zasuxa v Uzbekistane, analiz prichin i vozmojnosti prognozirovaniya // Trudы nauchno-issledovatelьskogo gidrometeorologicheskogo instituta, 2010. –Tashkent. Vыp. 12(257). –S. 55-63.

Vladimirov А.M. Stok rek v malovodnыy period goda. – L.: Gidrometeoizdat, 1976. –295 s.

Kalendarь tipov sinopticheskix protsessovSredneyАzii.Vыp.4/Podred.S.I.Inogamovoy.– Tashkent:NIGMI,2013.–82s.

Rasulov А.R., Xikmatov F.X., Аytboev D.P. Gidrologiya asoslari. –Toshkent: Universitet, 2003. –327 b.

Hikmatov F.H., Turgʼunov D.M. Togʼ daryolarida kam suvli yillar, ularning meʼyori va kam suvlilikning chuqurlashuvi masalalari // OʼzMU xabarlari. Tabiiy fanlar. –Toshkent, № 3/1. 2017. – B. 330-335.

Dracup J.A., Lee K.S., Paulson E.G. On the statistical characteristics of drought events // Water Resour. Res. 1980. № 16 (2). –PP. 289-296.

Van Loon A.F., Van Lanen H.A.J. A process-based typology of hydrological drought // Hydrol. Earth Syst. Sci. 2012. № 16(7). –P. 1915-1946.http://dx.doi.org/10.5194/hess-16-1915-2012.

Elektron resurs:

EDB(EurasianDevelopmentBank):ImpactofClimateChange towaterresourcesin CentralAsia,Almaty,Kazakhstan,44p.[Elektronnыy resurs] URL:http://www.vinokurov.info/assets/files/EDB%20Report%206%20climate%20eng.pdf, 2009 (dataobraщeniya 20.01.2019).

REFERENCES

Agaltseva N.A., Pak A.V., Novikova V.A. Gidrologicheskaya zasukha v Uzbekistane, analiz prichin i vozmozhnosti prognozirovaniya [Hydrological drought in Uzbekistan, analysis of the causes and the prospects of forecasting] // Trudy nauchno-issledovatelskogo gidrometeorologicheskogo instituta, 2010. Tashkent: Vol. 12(257). –PP. 55-63. (InRussian)

Kalendar tipov sinopticheskikh protsessov Sredney Azii[Calendar of the types of synoptic processes of MiddleAsia] Vol. 4 /Pod red. S.I. Inogamovoy. Tashkent: NIGMI, 2013. –82 p. (In Russian)

Khikmatov F.K., Turgunov D.M. Tog daryolarida kam suvli yillar, ularning me’yori va kam suvlilikning chuqurlashuvi masalalari [Low-water years on mountain rivers, problems of calculating their standard characteristics and extension parameters] // OzMU xabarlari. Tabiiy fanlar.Toshkent, No 3/1. 2017. –PP. 330-335. (In Uzbek)

Rasulov A.R., Khikmatov F.K., Aytboyev D.P. Gidrologiya asoslari [The basics of hydrology]. Toshkent: Universitet, 2003. –327 p. (In Uzbek)

Vladimirov A.M. Stok rek v malovodnyy period goda [River runoff during the low-flow period of the year] L.: Gidrometeoizdat. 1976. –295 p. (In Russian)

Web resources:

EDB(EurasianDevelopmentBank):ImpactofClimateChange to water resources in Central Asia, Almaty, Kazakhstan, 44 p. [Elektronniy resurs] URL: http://www.vinokurov.info/assets/files/EDB%20Report%206%20climate%20eng.pdf, 2009 (access data 20.01.2019)

Plagiatni tekshirish

“Gidrometeorologiya va atrof-muhit monitoringi” ilmiy jurnalida nashrdan oldin taqdim etilgan maqola qoʼlyozmalarining originalligi tekshiriladi. Jurnalga qoʼlyozmani topshirish orqali mualliflar oʼzlarining qoʼlyozmalarini plagiat uchun tekshirilishiga roziliklarini bildiradi.

VII.Maqolalarni qabul qilish tartibi

Barcha materiallar onlayn tarzda (10 Mb dan oshmagan holda) quyidagi havola https://nigmi.uz/uz/maqola-yuborish-2/ orqali tahririyatga yuboriladi. 

Mualliflar bilan muloqot elektron pochta orqali amalga oshiriladi.

Jurnalda chop etish uchun taqdim qilingan ilmiy maqolalar jurnal tahririyati tomonidan yoʼnalishlar kesimida masʼul soha mutaxassislariga taqriz uchun beriladi.

Ijobiy taqriz berilgan ilmiy maqolalar ilmiy jurnalning yangi sonida chop etiladi.

Taqrizda jiddiy kamchiliklar koʼrsatilgan ilmiy maqolalar ularning mualliflariga mutaxassislarning izohlari asosida qayta koʼrib chiqish uchun qaytariladi va kamchiliklar bartaraf etilganidan soʼng chop etish uchun qayta roʼyxatgaolinadi.

Jurnal ilmiy yoʼnalishlariga mos kelmaydigan ilmiy maqolalar chop etilmaydi va muallifga qaytarilmaydi.