Iqlimshunoslik va iqlim o‘zgarishi bo‘limi

Bo‘lim tuzilmasi:

Iqlimni modellashtirish labaratoriyasi

Amaliy iqlimshunoslik labaratoriyasi

Bo‘limning asosiy vazifalari

• Bo‘lim faoliyati O‘zgidromet iqlim kadastri bo‘limi bilan hamkorlikdagi ishlar asosida iqlim monitoringi, iqlimning o‘zgarishi va uzoq muddatli tendensiyalarini tahlil qilish sohasidagi ilmiy ishlar bilan bog‘liq.

• O‘zgidromet huzuridagi arxivlar fondining meteorologik maʼlumotlar axborot bazasini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha ishlarga ilmiy-metodik rahbarlik qilish;

• Ixtisoslashtirilgan maʼlumotlarni ishlab chiqish va yaratish;

• O‘zgidromet bilan iqlim maʼlumotlarini tayyorlash va tadqiqot o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha ishlarni tashkil etish va amalga oshirish;

• Iqlim tizimining holatini tahlil qilish, global iqlim o‘zgarishlarini o‘rganish;

• Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida iqlim o‘zgarishi sharoitlari taʼsirini baholash;

• O‘zbekiston Respublikasi hududida iqlim sharoitlari monitoringini tahlil qilish;

• Iqlim maʼlumotlarini ilmiy-tadqiqot ishlarida foydalanish va iqtisodiyot tarmoqlarini taʼminlash uchun umumlashtirish;

• Iqlim holati bo‘yicha maʼlumotnoma-axborot nashrlarini tayyorlash.

Qo‘llash sohasi

Davlat fuqaro aviatsiyasi, turizm sohasi, sog‘likni saqlash idoralari va boshqa manfaatdor tashkilotlarni iqlimiy maʼlumot va tavsiflar bilan taʼminlash.