Ilmiy kengash

Ilmiy kengash– muayyan fan tarmog‘ining tegishli ixtisosliklari yo‘nalishida talabgorlar uchun ko‘zda tutilgan attestatsiya tadbirlarini amalga oshirishni tashkil etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Oliy attestatsiya komissyasi (OAK) qarori bilan yetakchi oliy talim yoki ilmiy-tadqiqot muassasi xuzurida muayyan muddat davomida jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatish uchun tuzilgan ilmiy-tashkiliy tuzilma;

Izlanuchi – falsafa doktori (PhD)  yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tayyorlayotgan shaxs.

Dissertatsiya – muallif tomonidan shaxsan olib borilgan, tadqiqot mohiyati tegishli talablarga javob bergan, tugallangan va mazmunan yaxlit ilmiy ish sifatida ilmiy yangiligi va amaliy natijalari tizimli ravishda asoslab berilgan qo‘lyozma huquqiga ega bo‘lgan ilmiy ish.

Ilmiy kengash tuzilayotgan  muassasada oliy o‘quv yurtidan keyingi talim shakli yo‘lga qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Ilmiy kengash a’zolari, qoida tariqasida, kamida 9 nafar va ko‘pi bilan 21 nafar azodan iborat bo‘lishi kerak. Ilmiy kengash tarkibi 3 yil muddatga tasdiqlanadi. Ilmiy kengash tarkibining kamida 15 foizi xar yili belgilangan tartibda yangilanishi zarur.

 Ilmiy kengash o’zi faoliyat yuritayotgan muassasaning rasmiy blanki va Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhridan foydalanadi. Ilmiy kengash tomonidan ko‘pi bilan 4 ta ihtisoslik yoki fan tarmog‘i bo‘yicha dissertatsiyalar ximoyaga qabul qilishi mumkin.

Malakaviy imtixon qabul qilish.

Ilmiy seminar tarkibi.

Geografiya fanlari bo’yicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashning tasdiqlangan tarkibi.