Uchrashuv davomida Yaponiya tomoni UNFCCC uchun iqlim hisobotini tayyorlash doirasida Moʼgʼulistonda ilgari amalga oshirilgan loyiha misolida issiqxona gazlari emissiyasini baholashni takomillashtirish uchun “GOSAT” sunʼiy yoʼldoshlarining masofadan zondlash maʼlumotlaridan foydalanish boʼyicha umumiy yondashuvlarni taqdim etdi.

GMITI va Oʼzgidromet mutaxassislari Oʼzbekistonda issiqxona gazlari milliy kadastrini tayyorlashning asosiy jihatlari toʼgʼrisida maʼlumotnomani tadqim etishdi:

Birinchi ikki yillik hisobot (FBUR, 2021) natijalari tahlili, kadastrni tayyorlash boʼyicha institutsional tuzilma, Parij kelishuvi boʼyicha iqlim hisobotiga qoʼyiladigan yangi talablarni hisobga olgan holda rejalashtirilayotgan takomillashtirish.
Yaponiyalik hamkasblar tomonidan loyiha doirasida ishlab chiqish uchun Oʼzbekiston kadastrining asosiy toifalarini (FBUR boʼyicha) dastlabki tahli taklif etildi.
Ushbu uchrashuvda Yaponiya tomonidan quyidagilar ishtirok etishdi: Yaponiya elchixonasi vakillari, Loyiha kotibiyati vakillari (janob Masato Yano, janob Seio Oyama), Chuo universiteti ekspertlari, (dr. Masataka Vatanabe, doktor Akixiro Oba va boshqalar) va Yaponiya Atrof-muhit vazirligi (janob Gaku Kadosaki va boshqalar).
Oʼzbekistondan: F.Agzamov (GMITI direktori, t.f.n.), B.Nishonov (GMITI tabiiy suvlarning ifloslanishini oʼrganish laboratoriyasi mudiri, f.f.d.), L.Shardakova (GMITI atrof-muhit monitoringi laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi) , O. Belorussova (Oʼzgidromet atrof-muhit ifloslanishi monitoringi boshqarmasi tuproq ifloslanishi monitoringi boʼlimi boshligʼi), Yu. Kovalevskaya (Gidrometeorologiya sohasidagi loyihalarni amalga oshirish va boshqarish boshqarmasi Konventsiyalar va kelishuvlar boʼlimi yetakchi mutaxassisi) va Oʼzgidrometning iqlim oʼzgarishi boʼlimi mutaxassislari).
Tadbir yakunida ishtirokchilar kelgusida samarali hamkorlik qilishdan umidvor ekanliklarini bildirdilar va rejalashtirilgan loyihaning bosqichlari bilan batafsil tanishish maqsadida ekspertlarning ikkinchi texnik uchrashuvini oʼtkazishga kelishib oldilar.