Denisov Yuriy Mixaylovich Sobiq Ittifoqda birinchi bo‘lib tog‘ daryolar oqimi jarayonini hamda  tog‘lardagi qor qoplamini shakllanishiining  matematik modelini ishlab chiqgan. Yu.M. Denisovning fundamental xarakterdagi chuqur  ilmiy tadqiqotlari ko‘pqirrali bo‘lib, qator  turdosh  sohalar matematika,  nazariy fizika,  biokibernetika,  bioiqlimshunoslik, bulutlar fizikasi,  agrometorologiya, g‘o‘za hosildorligining  agrotexnologiyasi,  agroiqlim,  GAT  texnologiyasidan foydaalnib o’simlik  qoplamining matemtaik modelini yaratish  bo‘yicha qator ishlarini sanab o‘tish mumkin.

Yuriy Mixaylovichning bebaho ilmiy merosi gidrologik va gidrometeorologik jarayonlarni modellashtirish, daryo oqimini uzoq va qisqa muddatga prognozlash bo‘yicha tadqiqotlar olib borayotgan izlanuvchilar  uchun foydali bo‘ladi. Yuriy Mixaylovichning yorqin xotirasi qalbimizda abadiy qoladi.