Glyasiologiya bo‘limi

Bo‘lim tuzilmasi:

Qor va muzliklar tadqiqoti laboratoriyasi

Gidrologik jarayonlarni kuzatish davlat tizimining faoliyati va rivojlanishini, shuningdek O‘zbekiston hududidagi daryo, ko‘l va suv omborxonalarining gidrologik rejasi to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish, ishlash, hisobga olish, saqlash va tarqatish.

Davlat hokimiyati organlarini, iqtisodiyot tarmoqlari va aholini xizmat ko‘rsatilayotgan hududda va ayrim turdagi axborot mahsulotlari bo‘yicha gidrologik sharoitlarning haqiqiy holati to‘g‘risida maʼlumot bilan taʼminlash.

O‘zbekiston hokimiyati organlari, aholi va manfaatdor tashkilotlarini gidrologik ilmiy tahlil maʼlumotlari bilan taʼminlash.

Bo‘limning asosiy vazifalari

 Glyasiologiya bo‘limining asosiy ilmiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

• Iqlim o‘zgarishlari munosabati bilan ularni zamon va makonda tarqalishi;

• Manfaatdor xalq xo‘jaligi hizmatidagi tashkilotlarning buyurtmalari bo‘yicha shartnoma ishlarini bajarish;

• Davlat tezkor xizmatlari, loyiha institutlari, transport tizimi va taʼlim muassasalariga maslahatlar berish.

• Oliy taʼlim muassasalarida glyasiologik tadqiqotlar sohasida maʼruzalar o‘tkazish va bakalavrlar, magistrlar va kichik o‘qituvchilar tarkibining malakasini oshirishda yordam ko‘rsatish;

• Toshkent shahridagi qor qoplami bo‘yicha yer usti, aviatsiya va sunʼiy yo‘ldoshlar maʼlumotlarini yig‘ish, tahlil qilish va umumlashtirish. Qor hajmini ixtisoslashtirilgan kuzatishlar bo‘yicha maʼlumotlar omborini yuritish.

• Tog‘larda qor zahirasini baholash usullarini takomillashtirish;

• O‘zbekiston tog‘ havzalarida barqaror qor hajmining xususiyatlarini taqsimlash bo‘yicha fazo va vaqtda qonunchiliklarni aniqlash;

• Iqlim o‘zgarishi sharoitida joylarda barqaror qor qoplami rejimini hisoblash;

• Qor ko‘chkisiga qarshi kurashish stansiyalariga xizmat ko‘rsatish zonalarida qor rejimini tadqiqot qilish (SLS xodimlari bilan birgalikda);

• Zamonaviy talablarni hisobga olgan holda qor ko‘chkisi ishlari bo‘yicha maʼlumotnoma hujjatlarini ishlab chiqish;

• Iqlim o‘zgarishi sharoitida barqaror qor zahirasi rejimini o‘rganish masalalari bo‘yicha ilmiy loyiha va dasturlarni bajarish;

• Qor qoplami rejimining xususiyatlarini hisobga olishda matematik usullarni qo‘llash bo‘yicha uslbiy tavsiyalar tayyorlash;

• Barqaror qor zahirasi xususiyatlariga ega bazaviy GAT-kartalarii yaratish, shu jumladan, qorlarning shakllanishi, tuzilishi va ularning davomiyligi sanalari, shuningdek, eng kam qor zahirasi maʼlumotlarini tahlil qilish;

• Kamchiq dovonida qo‘chki xavfini baholash va gidrometeorologik taʼminlash bo‘yicha ishlab chiqilgan usullarni tahlil qilish;

• O‘zgidromet bo‘linmalari xodimlariga malaka oshirishda amaliy yordam ko‘rsatish;

• O‘zbekiston tog‘laridagi muzlik va muz zonalari bo‘yicha yer usti, aviadistansiya va sunʼiy yo‘ldosh maʼlumotlarini yig‘ish, tahlil qilish va umumlashtirish;

• Muzliklarni kompleks kuzatishlar bo‘yicha maʼlumotlar omborini yuritish;

• O‘zbekiston muzliklarini inventarizatsiya qilish (O‘zgidromet bo‘limlari bilan birgalikda);

• O‘zbekistonning tog‘li tumanlari muzlashining hozirgi holatini baholash (O‘zgidromet bilan birgalikda).

Foydalanish sohasi

• Bo‘lim O‘zgidrometning OMOGYaiGK bo‘limi bilan birgalikda xalq xo‘jaligi hududlarining ko‘chki xavfini baholash bo‘yicha shartnoma ishlarini bajarmoqda. Ishlab chiqilgan tavsiyalar xalq xo‘jaligi tarmoqlarida tog‘ hududlarining qulaylik hamda havf darajasini baholash bo‘yicha amaliy ahamiyatga ega.

• O‘z vakolatlari, erishilgan tadqiqot ishlanmalar natijalari va to‘plangan tajribalar doirasida bo‘lim O‘zbekistonning barcha manfaatdor tashkilotlariga konsultativ xizmat ko‘rsatadi.

• O‘zgidromet bo‘linmalariga (xususan OMOGYaiGK) bo‘limda bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini joriy etadi. Taqdim etilgan materiallar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga, boshqa davlat organlari va xalq xo‘jaligi tashkilotlariga turli maʼlumot va byulletenlar berishda qo‘llaniladi.

• Glyasiologiya bo‘limi O‘zgidromet OMOGYaiGKga Qor ko‘chkilari bo‘yicha boshqaruv qo‘llanmasini yangilash bo‘yicha materiallar tayyorlashda metodik yordam ko‘rsatmoqda.