Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti qoshidagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.27/30.12.2019.Gr.47.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 4-iyul soat 1000 dagi yig‘ilishida Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti Myagkov Sergey Sergeyevichning 11.00.03-Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo ixtisosligidan geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan «Kuchli yog’ingarchilikdan shahar hududlarini suv bosishini modellashtirish (Toshkent shahri misolida)» mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi o‘tkaziladi.

Dissertatsiya bilan Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti Ilmiy-texnik kutubxonasida tanishish mumkin.

Dissertatsiya avtoreferati shu yerda joylashtirilgan.

Ilmiy kengash ilmiy kotibi, t.f.n. B.E.Nishonov