Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.18/2025.27.12.Gr.02.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 25-fevral soat 1400 dagi yig‘ilishida Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti mustaqil izlanuvchisi Dergacheva Irina Viktorovnaning 11.00.03-Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo ixtisosligidan geografiya fanlari bo‘yicha geografiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan «Oʼzbekiston hududida kutilmagan toshqinlar: genezisi, hudud va vaqt boʼyicha tarqalishi, tabiiy ofat xavfini kamaytirish» mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi o‘tkaziladi.

Dissertatsiya bilan Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti Ilmiy-texnik kutubxonasida tanishish mumkin.

Dissertatsiya avtoreferati shu yerda joylashtirilgan.

Ilmiy kengash ilmiy kotibi, t.f.n. B.E.Nishonov