Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti «IQLIM SIYOSATINI ISHLAB ChIQISH VA AMALGA OSHIRISHDA GENDER TAMOYILLARINI KIRITISH» nomli davra suhbatida ishtirok etdi

BMT Taraqqiyot Dasturi Oʼzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyoda iqlim oʼzgarishi va barqarorlik” loyihasini amalga oshirmoqda
Aholi daromadi va bandligini taʼminlovchi qishloq va suv xoʼjaligi tarmogʼi kutilayotgan iqlim oʼzgarishining koʼlami va taʼsiriga eng zaif sohalardan xisoblanadi. Ushbu muammolarni hal qilish maqsadida BMT Taraqqiyot Dasturi Oʼzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyoda iqlim oʼzgarishi va barqarorlik” loyihasini amalga oshirmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi Fargʼona vodiysining, Qirgʼiziston va Tojikiston respublikalari bilan chegaradosh hududlarida barqarorlikni oshirish. Loyiha maqsadlaridan biri BMTning 13-barqaror rivojlanish maqsadi bolib, ayollar, yoshlar, va jamiyatning ijtimoiy zaif qatlamiga alohida eʼtibor qaratgan holda, iqlim oʼzgarishiga qarshi-taʼsir choralarini milliy darajada siyosatga, rivojlanish strategiyalari va rejalashtirishga kiritish. Iqlim oʼzgarishining taʼsiri nomutanosib ravishda eng zaif aholi qatlamlariga taʼsir qiladi. Bu, ayniqsa, ayollarning zaif toifalariga – nogironlar, migrantlar, qariyalar va qishloq joylarda istiqomat qiluvchi aholiga koʼproq taʼsir koʼrsatadi. Loyihani amalga oshirishdan maqsad: iqlim sohasidagi qonunchilik xujjatlarida gender tengligi tamoyillarini hisobga olinishi boʼyicha tahlil natijalari va xalqaro hamjamiyatda hamda xorijiy mamlakatlarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni muhokama qilish. Shuningdek, gender koʼrsatkichlari boʼyicha ishlab chiqilgan chora-tabdirlar rejasini muhokama qilish.