Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy hodimlari BMT Iqlim oʼzgarishi boʼyicha konferentsiyasining (COP28) asosiy yalpi sessiyasida ishtirok etdi!



Iqlim sammitida COP28 prezidenti Sulton Al-Jobir ko‘pchilikka ma’qul keladigan taklif aytdi. U ishtirokchilardan iqlim o‘zgarishi sabab aziyat chekayotgan mamlakatlar uchun 420 million dollar ajratishni so‘radi. «Bu miqdor iqlim sammiti uchun misli ko‘rilmagan qadam va juda yaxshi boshlanish bo‘ldi», – dedi u.
Britaniya qiroli Charlz dunyo hamon iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashdan «dahshatli uzoqda» ekanini aytib, agar iqlim tezroq yaxshilanmasa, global iqtisodiyot xavf ostida qolishiga sabab bo‘lishini ta’kidladi. «Biz tashvishli darajaga yetib borayotganimizni ko‘rib turibmiz. Odamlar Yer sayyorasi ustida qo‘rqinchli tajriba o‘tkazmoqda va tabiat dunyosini muvozanat me’yorlari va chegaralardan tashqariga olib chiqyapti», – dedi u.
AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris 2 nutqida dunyodagi eng yirik neft va gaz ishlab chiqaruvchilardan biri sifatida AQShning emissiyalarni qisqartirish va qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish bo‘yicha bir necha tashabbusni sanadi. «Ikki yil oldin prezident Jo Bayden COP26ʼda sammit sahnasida turib, Amerika Qo‘shma Shtatlari yana iqlim inqiroziga qarshi kurashda global lider bo‘lishini aytgandi. Ha, biz bunga harakat qilyapmiz, o‘shandan beri Qo‘shma Shtatlar va’dalarini harakatga aylantird», – dedi Harris.
Mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev o’z nutqida: «Parij shartnomasi doirasida Iqlim oʼzgarishiga moslashish sohasidagi Global hadli mexanizmni tezroq, kelishish tarafdorimiz. Biz Markaziy Osiyo iqlim muloqoti platformasida Аdaptatsiya strategiyasini ishlab chiqmoqdamiz. Global miqyosda kam uglerodli iqtisodiyotga oʼtish adolatli, shaffof va inklyuziv boʼlishi zarur. Bunda rivojlanayotgan davlatlarning manfaatlari albatta inobatga olinishi shart. Bu muammo «Katta yettilik va yigirmalik» formatlarida doimiy koʼrib chiqilishi maqsadga muvofik. Biz Birlashgan Millatlar Tashkilotining rezolyutsiyasi asosida Orolboʼyi xududini ekologik ofat zonasidan «innovatsiyalar, texnologiyalar va yangi imkoniyatlar mintaqasiga aylantirmoqchimiz. Bu yerda Iqlim texnologiyalari xalqaro ekspo-xabini yaratishda yaqin hamkorlikka taklif etaman» deydi.