Laboratoriyaning asosiy vazifalari:

Labaratoriya faoliyati Oʼzbekistonda suv resurslari kamchiligini bartaraf etish masalalarini hal etish bilan bogʼliq mustaqil ilmiy yoʼnalishni ishlab chiqish sohasidagi ilmiy va ilmiy-metodik ishlar bilan bevosita bogʼliq.
Bulutlarga faol taʼsir koʼrsatish orqali mintaqaning togʼ tumanlarida qoʼshimcha yogʼinlarni jalb qilib, gidrometeorologik jarayonlarga taʼsir koʼrsatish usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
Shuningdek, laboratoriyaning asosiy vazifasi iqlim oʼzgarishi va mintaqaning orografik xususiyatlari bilan bogʼliq yogʼin rejimining gidrometeorologik sharoitlarini oʼrganish masalalari boʼyicha ilmiy grant va dasturlarni bajarish.
Radiolokatsiya meteorologiyasi boʼyicha tadqiqot masalalari quyidagilardan iborat:

Hududning togʼli tumanlarida qoʼshimcha yogʼin olish maqsadida bulut fizikasi boʼyicha tadqiqotlar oʼtkazish va bulutlarga faol taʼsir koʼrsatish usullarini ishlab chiqish;
Respublika iqtisodiyotining suv ehtiyojlarini hisobga olgan holda faol taʼsir koʼrsatish uchun eng qulay tumanlarni aniqlash maqsadida bulut resurslarini baholash usullarini ishlab chiqish;
Bulutlarga taʼsir koʼrsatish vositalarini joylashtirish uchun qulay sharoitlarni aniqlash maqsadida togʼ tumanlarining quyi troposferasida gidrometeorologik sharoitlarni tadqiqot qilish;
Doʼl jarayonlariga taʼsir koʼrsatish usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
Orografiyaning konvektiv bulutlar va yogʼingarchilik keltirib chiqaruvchi dinamikasiga taʼsirini oʼrganish;
Qoʼshimcha yogʼin olish maqsadida faol taʼsir koʼrsatish samaradorligini baholash;
Boshqa ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan muntazam va anomal holatlarni oʼrganish boʼyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini oʼtkazish;
Labaratoriya oʼzining noyob obʼektlariga metodik rahbarlik qilish, ularga oʼz faoliyatining profiliga muvofiq metodik yordam koʼrsatish;
Labaratoriyada olingan tadqiqotlarning asosiy natijalari maqolalar, monografiyalar, usuliy koʼrsatmalar va boshqa shakllarda eʼlon qilish;
Labaratoriya natijalarni amaliyotga joriy etish boʼyicha tadbirlar oʼtkazish;
Labaratoriya oʼz faoliyatini institutning boshqa boʼlinmalari, shuningdek Oʼzgidrometning boshqa tashkilot va muassasalari bilan muvofiqlashtirishdan iborat.
Foydalanish sohasi:

Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik ishlar natijalarini Oʼzgidromet tezkor xizmatiga va ilmiy mehnat, monografiya, uslubiy koʼrsatmalar va tavsiyalar chiqarish orqali Respublika hukumat organlari va iqtisodiyotiga joriy etiladi;
Oʼzbekiston Respublikasining doʼlga qarshi muhofaza qilish boʼyicha ilmiy va tezkor ishlar bilan rahbarlik qilish va muvofiqlashtirishni amalga oshirishda uslubiy yordam koʼrsatadi;
Oʼz faoliyatining profili boʼyicha ilmiy muassasalar va boshqa idoralar tashkilotlari bilan ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirishda, yigʼilishlar, konferentsiyalarda ishtirok etish orqali hamkorlik tadqiqotlarni amalga oshirishda;
Turli usul va asbob-uskunalardan foydalangan holda bulutlar ustidan kompleks ekspeditsion kuzatuvlar oʼtkazish va tashkil etish (usullar: radiolokatsiya, samolyot va boshqalar).