Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi Maxmudov Jaxongir Komilovichning geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi himoyasi
Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27/30.12.2019.Gr.47.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 21-noyabr soat 14:00 dagi yig‘ilishida Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi Maxmudov Jaxongir Komilovichning 11.00.03 – Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo ixtisosligidan geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan “Qor ko‘chkilari xavfi monitoringida geoaxborot tizimlaridan foydalanish (Ohangaron daryosi havzasi misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi o‘tkaziladi.
Dissertatsiya bilan Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti Ilmiy-texnik kutubxonasida tanishish mumkin.
Dissertatsiya avtoreferati shu yerda joylashtirilgan.
Ilmiy kengash ilmiy kotibi v.v.b., t.f.d. E.Yu.Safarov