«O‘zbekistonning choʻl va togʻli hududlarida yomg‘ir suvini yig‘ish tizimini ilgari surish» (PRIM) loyihasi doirasida tashkil etilayotgan 500 gektarlik bogʻ va «Shahrisabz turistik markazi” ga tashrif
Joriy yilning 25-mart sanasida Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari va Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) xodimlari hamrohligida «O‘zbekistonning choʻl va togʻli hududlarida yomg‘ir suvini yig‘ish tizimini ilgari surish» (PRIM) loyihasi doirasida Shahrisabz tumani togʻli «Uloch» hududidagi yangi barpo qilinayotgan 500 ga li bogʻ va Miraki qishlogʻidagi «Miraki» turistik markaziga tashrif buyurishdi.









Tashrif chogʻida mutaxassislar va obyekt mutassadi vakillari kelajakda ushbu manzillarda yomgʻir suvidan samarali foydalanishni muhokama qilishdi va bir qator chora tadbirlarni amalga oshirishni kelishib olishdi.