Joriy yilning 17-oktabr sanasida CWEH Uzbekistan loyihasi va Potsdam Iqlim ta’sirini o‘rganish instituti hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti o‘rtasidagi kelgusi hamkorlik doirasida PIK ilmiy xodimi Oleksandra Khala akademik o‘quv rejani taqdim etdi va «Iqlim o’zgarishi: kelajak istiqbollari va harakatlar» nomli ma’ruza o’tkazdi. Ma’ruza iqlim o’zgarishining dolzarb muammosi haqida xabardorlikni oshirish, uning uzoq muddatli oqibatlari va bu ta’sirlarni yumshatish uchun zarur choralarni ko’rsatishga qaratilgan.

Ma’ruza maqsadlari quyidagilardan iborat edi:

  • Global iqlim o’zgarishining hozirgi holatini muhokama qilish;
  • Kelajak istiqbollari va muammolari haqida suhbatlar;
  • Talabalarni barqaror amaliyot va siyosatlarni shakllantirishda faol ishtirok etishga undash.
    Shuningdek, ma’ruza doirasida CWEH Uzbekistan loyihasining maqsadlarini muhokama qilindi va Akademik o’quv rejaning tuzilishi va mavzulari haqida umumiy ma’lumot berib o’tildi.