8-10 iyul kunlari Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot istituti Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan hamkorlikdagi «O‘zbekistonning tog‘li hududlarida iqlim o‘zgarishi sharoitida inson harakatchanligi masalalarini hal qilish» nomli loyiha doirasida treninglar o’tkazdi. Trening maqsadi aholi so‘rovida ishtirok etuvchi guruhlar uchun “O‘zbekistonning tog‘li hududlarida iqlim o‘zgarishi sharoitida inson harakatchanligi masalalarini hal qilish” loyihasining milliy hamkorlari salohiyatini oshirishdan iborat edi. O’quv mashg’ulotlari davomida Iqlim o’zgarishi sharoitida aholi migratsiyasini baholash, Aholi o’rtasida so’rovnoma o’tkazish qonun qoidalari, Ma’lumotlarni sifatli bo’lishini ta’minlash kabi masalalar haqida suxbatlashildi. Ushbu treningda GMiTI ilmiy hodimlari hamda doktorantura talabalari faol ishtirok etishdi. Trening yakunida barcha ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.