Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti 24-26 aprel kunlari Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universitetida “Geografik tadqiqotlarda zamonaviy geoinformatsion kartografiya, masofadan zondlash metodlari va texnologiyalarining roli” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada faol ishtirok etdi. Konferensiya ishtirokchilari mavzulari kartografiya sohasida zamonaviy GАT, masofadan zondlash va Web texnologiyalarni qoʼllash masalalari; gidrologiya, meteorologiya va iqlimshunoslikda GАT texnologiyalaridan foydalanish; geografiya taʼlimida GАT texnologiyalaridan foydalanish va shu kabi masalalarni qamrab olgan. Shuningdek konferentsiyada kartografiya sohasida foydalaniladigan zamon talablariga javob beradigan asbob-uskunalar, yangi chop etilgan Oʼzbekiston Milliy atlasi va viloyatlar xaritasi koʼrgazmasi ham boʼlib oʼtdi.

Konferensiyada Rossiya, Belorussiya, Qozogʼiston, Qirgʼiziston va mamlakatimizning koʼplab universitet va institutlaridan olimlar va ilmiy xodimlar oʼz maqolalari bilan qatnashdilar va oʼzaro ilmiy-amaliy fikr almashdilar!