Butun jahon meteorologlari kuniga bag’ishlangan tadbir…
Kuni kecha Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot institutida Butun Jahon meteorologlari kuniga bag’ishlangan bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirda institut ilmiy hodimlari va doktorantura talabalari ishtirok etishdi. Tadbir davomida Gidrometeorologiya xizmati xalq xo’jligining turli tarmoqlari uchun naqadar muhim soha ekanligi va soha mutaxassislari tomonidan olib borilgan izlanishlar to’g’risida so’z yuritildi.




Institut barcha hodimlarni va soha mutaxassislarini bayram bilan muborakbod etadi va kelgusi faoliyatlarida ulkan yutuqlar tilaydi!!!