GMITI Ilmiy kengashi yig‘ilishida atoqli olim, GMITIning faxri, texnika fanlari doktori professor O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan irrigator, O‘rta Osiyo va MDH davlatlarida yetakchi gidrologlardan biri bo‘lgan Denisov Yuriy Mixaylovichning 95 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Denisov Yuriy Mixaylovich Sobiq Ittifoqda birinchi bo‘lib tog‘ daryolar oqimi jarayonini hamda tog‘lardagi qor qoplamini shakllanishiining matematik modelini ishlab chiqgan. Yu.M. Denisovning fundamental xarakterdagi chuqur ilmiy tadqiqotlari ko‘pqirrali bo‘lib, qator turdosh sohalar matematika, nazariy fizika, biokibernetika, bioiqlimshunoslik, bulutlar fizikasi, agrometorologiya, g‘o‘za hosildorligining agrotexnologiyasi, agroiqlim, GAT texnologiyasidan foydaalnib o’simlik qoplamining matemtaik modelini yaratish bo‘yicha qator ishlarini sanab o‘tish mumkin.
Yuriy Mixaylovichning bebaho ilmiy merosi gidrologik va gidrometeorologik jarayonlarni modellashtirish, daryo oqimini uzoq va qisqa muddatga prognozlash bo‘yicha tadqiqotlar olib borayotgan izlanuvchilar uchun foydali bo‘ladi. Yuriy Mixaylovichning yorqin xotirasi qalbimizda abadiy qoladi.