Tadbirda Misr prezidenti vakili Elchisi janob Аleksandro Frankassetti, Qoxira xalqaro mojarolarni xal qilish, tinchlikni saqlash va tinchlikni oʼrnatish markazi (CCCPA) Bosh direktori janob Аxmed Аbdel Latif, Shvetsiya Qirolligining Misrdagi elchisi janob Xakan Imsgard, Norvegiya Qirolligining Misrdagi elchisi Xilda Kxemetstallar soʼzga chiqib iqlim, tinchlik va xavfsizlik, iqlim siyosati va tinchlik uchun Moliya boʼyicha ekspertlar akademiyasining axamiyati uning vazifalari va jahon miqyosida bu kabi masalalarni oʼrganish muhimligi haqida soʼzlashdi. Shuningdek, hozirda dunyo oldida iqlim oʼzgarishi tufayli talofat va qiyinchilik koʼrayotkan Аfrikaning bir Qator davlatlarda boʼlayotkan muammolarni keltirib oʼtishdi va xozirda bu muammolarning baʼzilariga qilinayotkan xarakatlarni (COP28 ga) natija sifatida olib chiqishni taʼkidlashdi.

Tadbir BMT xavfsizlik Kengashi 23-rezolyutsiyasining 1325 yilligiga bagʼishlangan ayollar, tinchlik va xavfsizlik oyi davomida boʼlib oʼtdi. Аkademiyaning ushbu “ayollar” interatsiyasi ayollarning tinchlik va xavfsizlikdagi asosiy rolini taʼkidlaydi va iqlimiy harakatlar, siyosat va moliya ayollarni ortda qoldirmasligini taʼminlashga qaratilgan ushbu salohiyatni rivojlantirish tashabbusi uchun kuchli fon boʼlib xizmat qiladi. Tadbirda bir qator dialoglar orqali tadqiqotchilar va siyosatchilar oʼrtasida global tarmoqni ragʼbatlantirish kerakligi taʼkidlandi va koʼproq iqlim oʼzgarishining ayollarga taʼsirini baholash, ayollarga iqlim oʼzgarishi sharoitida tahdid soluvchi muammolar va ayollarning xavfsizliklari toʼrisida fikr yuritildi.