AQSh Gidrometeorologik faoliyati bilan tanishuv!
Ekologiya vazirligi, shuningdek, Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Gidrometeorologiya ilmiy- tadqiqot instituti olim va tadqiqotchilari tabiiy resurslar, ekotizim va atrof-muhit muhofazasi, iqlim va yerdan foydalanish o’zgarishining ta’sirini monitoring qilish, baholash, xaritalar tuzish hamda maqsadli ilmiy tadqiqotlar olib borish bo‘yicha tajriba o‘rganmoqda.


Shu maqsadda 18-22 sentabr kunlari Ekologiya vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti hamda Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti vakillaridan iborat delegatsiya AQSHdagi USGS markazi mutaxassislari bilan Kolorado daryosining gidrologik postiga tashrif buyurishdi. Bunda USGS gidrologlari gidrologik ma’lumotlarni to’plashning avtomatik va qo’lda qayta ishlashning zamonaviy usullarini namoyish etdilar.


Oʻzbekiston delegatsiyasi USGS qor qoplami monitoringi obʼyektida boʻlib, qor qoplamini monitoring qilish hamda uning toʻplanishi va prognozlashning yangi usullari, qor qoplamini monitoring qilishning yangi innovatsion texnologiyalari, qorning kimyoviy tarkibi, namligi va og‘irligini nazorat qilish uchun yangi avtomatik stansiyalar, shuningdek, gidrologik monitoring usullari va yondashuvlari bilan ham tanishishdi.

